Nazarali Foiziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nazarali Foiziy (16-asr) – Navoiy asarlari majmuasini koʻchirgan xattotlardan biri. Alisher Navoiyning yigirma bitta asaridan tarkib topgan qoʻl­yozmani 16-asrda koʻchirgan. Mazkur qoʻl­yozma Sankt-Peterburgda, RMKning Sharq boʻlimida Dorn 558 raqami ostida saqlanadi. Hajmi 722 varaqdan iborat, oʻlchovi – 240x340 mm. Kotib qoʻlyozmani Eron Ozarbayjonining Qizilogʻoch shahrida toʻrt yil (1592–96) davomida koʻchirgan. Qoʻl­yozma Farhodxonning saroy kutubxonasi uchun tayyorlangan. Kotib “Lison ut-tayr” soʻngida (325-b varaq) “Nazarali Fayziy”, “Mahbub ul-qulub” soʻngida (694-a varaq) “Ali Foiziy” deb imzo qoʻygan. Xati – nas­taʼliq. Kulliyot bir muqovaga olingan. Charmdan ishlangan oliy navli muqovaning ustiga oltin suvi bilan oʻyma rasmlar tushirilgan boʻlib, rasmlarda ov manzarasi aks etgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.