Nawaf Al-Abed

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nawaf al-Abed
2016-yil Al-Abed Saudiya Arabistoni safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nawaf Shaker Al-Abed
Tavallud sanasi 26-yanvar 1990-yil (1990-01-26) (34 yosh)
Tavallud joyi Riyadh, Saudi Arabia
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Shabab
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2009 Al-Hilal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2020 Al-Hilal 146[1] (25)
2020- Al Shabab 32 (3)
Milliy terma jamoa
2008-2010 Saudiya Arabistoni U20
2011-2012 Saudiya Arabistoni U23
2011- Saudiya Arabistoni 48 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-iyun uchun)

Nawaf Shaker al-Abed (arabcha: نواف شاكر العابد) 1990-yil 26-yanvarda tugʻilgan — Saudiya Arabistonlik professional futbolchi, „Al Shabab“ va Saudiya Arabistoni milliy futbol jamoasida qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Hilol[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Al-Hilol Al-Abedda yoshlar akademiyasi bilan shartnoma imzoladi. 7-noyabr kuni Nawaf shahzoda Faysal U-21 kubogida ikki soniya ichida Al-Shoulla darvozasiga professional futboldagi eng tezkor golini kiritdi[2]. Ammo ushbu uchrashuv Al-Hilol tarkibida 21 yoshdan oshgan 6 nafar futbolchisi borligi tufayli bekor qilindi[3].

2017-yil 9-mart kuni Al-Abed „Ittihod“ darvozasiga uchinchi penaltidan gol urdi va „Ittihod“ muxlislarini gʻazablanishiga olib keldi. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi uni ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qildi[4], biroq „Al-Hilol“ apellyatsiya berdi va taqiq bekor qilindi[5]. Nawaf 2020-yilning 25-oktabr kuni „Al-Shabab“ jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Uning hozirgi transfer narxi 350 ming yevroni tashkil etadi (2022-yil 30-iyun holatiga koʻra)[6].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nawaf Saudiya Arabistoni milliy futbol jamoasi sharafini uning mamlakati 2014-yilgi Fors koʻrfazi Millatlar kubogiga mezbonlik qilganidan beri himoya qilib kelmoqda. Uning xalqaro maydondagi birinchi goli Yaman bilan chorak final oʻyinida kiritildi va saudiyaliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[7]. Saudiya Arabistoni Birlashgan Arab Amirliklarini 3:2 hisobida magʻlub etganida Nawaf yana yarim finalda gol urdi. Yashil lochinlar Qirol Fahd xalqaro stadionida boʻlib oʻtgan finalda 2:1 hisobida Qatarga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egallashdi[8].

Nawaf Saudiya Arabistoni terma jamoasining 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun terma jamoasiga kiritildi va terma jamoaning ikkinchi guruh oʻyinida Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻzining uchinchi xalqaro uchrashuvlardagi golini kiritdi[9].

2018-yil may oyida u Saudiya Arabistonining Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun asosiy tarkibidan joy oldi[10].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum League King Cup Crown Prince Cup Asia Boshqa Umumiy
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Al-Hilal 2008-09 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2009-10 9 2 3 1 4 0 9 0 25 3
2010-11 13 2 0 0 2 1 5 0 20 3
2011-12 13 3 2 0 4 4 6 1 25 8
2012-13 15 3 1 1 1 0 8 1 25 5
2013-14 20 1 1 0 2 0 7 0 30 1
2014-15 15 2 3 1 4 0 9 1 31 4
2015-16 11 1 2 0 1 1 5 0 0 0 19 2
2016-17 18 7 3 0 2 2 10 1 1 0 34 10
2017-18 11 0 0 0 1 0 12 0
2018-19 7 2 3 0 6 0 3 0 19 2
2019-20 13 2 2 0 1 0 1 0 17 2
Total 146 25 20 3 20 8 67 4 5 0 258 40
Al Shabab 2020-21 19 2 0 0 2 0 21 2
Faoliyatidagi umumiy natija 165 27 20 3 20 8 67 4 7 0 279 42

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubi bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Hilol
  • Saudiya Arabistoni Professional Ligasi: 2009-10, 2010-11, 2016-17, 2017-18, 2019-20
  • King Cup of Champions: 2015, 2017
  • Saudi Crown Prince Cup: 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12, 2012-13, 2015-16
  • Saudiya Superkubogi: 2015, 2018
  • Osiyo Chempionlar Ligasi: 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Strack-Zimmermann, Benjamin „Nawaf Al-Abed“. www.national-football-teams.com.
  2. „Nawaf Al Abed scores the fastest goal in soccer history -- two seconds!“ (9-noyabr 2009-yil).
  3. „سحب نقاط الهلال.. و"فيفا" يرفض الاعتراف بالهدف الأسرع“. صحيفة الاقتصادية (11-noyabr 2009-yil).
  4. „إيقاف عابد "الهلال" مباراتين ومنع مولد "الاتحاد" من النهائي“. صحيفة سبق الإلكترونية. [sayt ishlamaydi]
  5. „Archived copy“. 11-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2017-yil.
  6. „Nawaf Al-Abed transfer value 2022“.
  7. „Abed thunderbolt puts KSA in semis“. Saudi Gazette (21-noyabr 2014-yil). 18-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2015-yil.
  8. „Saudi Arabia 1-2 Qatar“. Asian Football Confederation. Qaraldi: 18-yanvar 2015-yil.
  9. „Saudi Arabia eliminates North Korea 4-1 at Asia Cup“. USA Today (14-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2015-yil.
  10. „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“.