Napoleon olmos marjoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Napoleon olmos marjonlari Vashingtondagi Smitson milliy tabiat tarixi muzeyida namoyish etilmoqda

Napoleon olmos marjonlari Napoleon I buyurtmasi bilan tayyorlangan olmos marjon. Hozirda u Vashington, AQSh, Smitson milliy tabiat tarixi muzeyida namoyish etilmoqda.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Napoleon olmos marjonlari bitta ipga oʻrnatilgan 28 ta olmosdan iborat boʻlib, uning chetida oʻzgaruvchan pendelok va briolette olmos kesimlari mavjud. Beshta nok shaklidagi pendeloklarning har biriga kichik birilliant oʻrnatilgan. Toʻrtta oval pendeloklar har birida 23 ta yorqin brilliantlarni oʻz ichiga olgan. Marjonga oʻrnatilgan olmoslarning umumiy sonini 234 ga teng.

Napolean olmos marjoni

Napoleon olmos marjonidagi olmoslar hech qachon professional darajada baholanmagan lekin olmoslarning infraqizil spektroskopik tahlili ularning lla turiga mansub ekanligini koʻrsatgan. Biroq marjonga oʻrnatilgan 52 ta eng yirik olmosdan 13 tasi nodir IIa turiga tegishli. Qolganlari esa Ia tipiga mansub olmoslar[1]. Olmoslarning umumiy ogʻirligi 263 karatga baholangan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marie Louise[tahrir | manbasini tahrirlash]

Napoleon va Marie Louise nikohi
Marie Louise, Parma gertsoginyasi Napoleon olmos marjonini taqqan

1810-yilda Napoleon I Jozefina bilan ajrashdi, chunki u merosxoʻr tugʻishga qodir emasligini isbotladi[2]. Ikki oydan keyin u avstriyalik Marie Louise bilan turmush qurgan. Bir yil ichida Marie Louiseoʻgʻil tugʻdi. Bayramni nishonlash uchun 1811-yil iyun oyida Napoleon I Parijdagi Nitot et Fils zargarlik firmasidan narxi 376 274 fransuz frankiga teng boʻlgan Napoleon olmos marjonlarini buyurtma qilgan[1]. Bu summa imperatorning butun yillik uy xoʻjaligi byudjetiga teng edi[3]. Napoleon olmos marjonlarini taqqan Mari Luizaning bir nechta zamonaviy portretlari, jumladan rassomlar Fransua Jerard[4][5] va Jovan Battista Borgesi tomonidan yaratilgan portretlar mavjud[6]. Bir necha yil oʻtgach, 1815-yilda Napoleon Saint Helena oraliga surgun qilingan. Mari Luiza marjon bilan Avstriyaga qaytib kelgan. Vafotiga qadar marjonga egalik qilgan.

Meros va sotish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1847-yilda Marie Louise vafot etgandan soʻng, marjon uning akasi Frans Karlning rafiqasi avstriyalik Sophiega oʻtgan. Malika Sophiening iltimosiga koʻra, zargarlar marjonni qisqartirish uchun undan ikkita olmosni olib tashlashgan. Olib tashlangan olmoslar bir juft sirgʻaga oʻrnatilgan, ularning qayerda ekanligi hozircha nomaʼlum[3]. 1872-yilda Sophiening vafotidan soʻng, Napoleon olmos marjonni uning uch omon qolgan oʻgʻillari — Karl Lyudvig, Lyudvig Viktor va Frans Joseph I birgalikda meros qilib olgan. Keyinchalik Karl Lyudvig akalarining marjondagi ulushlarini sotib olgan va 1896-yilda vafotidan keyin uni uchinchi rafiqasi portugaliyalik Maria Theresaga meros qilib qoldirgan[1]. Maria Theresa oʻzining tarixiy taqinchoqlarga yoqtirishi tufayli marjonni oʻzi ishtirok etgan koʻplab davlat tadbirlarida, shu jumladan 1883-yilda Aleksandr III ning toj kiyish marosimiga ham taqib borgan.

Maria Theresa

1929-yilda Buyuk Depressiya boshlangandan soʻng Maria Theresa oʻzlarini „polkovnik Taunsend“ va „Malika Baronti“ deb koʻrsatgan ikki kishiga marjonlarni 450 000 AQSh dollariga sotish taklifini olgan. Mavjud iqtisodiy vaziyat tufayliv soʻralgan pulni topish qiyin ekanligini tushunib, juftlik marjonning haqiqiyligini kafolatlash uchun Maria Theresaning qashshoq nevarasi Gabsburglik Leopoldga 100 000 dollar taklif qilishgan. Zargarlar Garri Uinston va Garri Berenson bilan kelishuvlar boʻyicha muzokaralar olib borilgan, ammo oxir-oqibat er-xotin marjonni Nyu-Yorklik Devid Mishelga 60 000 dollarga sotgan. Sotish haqida xabardor boʻlgach, Maria Theresa ishni sudga topshirdi, natijada marjon qaytarib olindi, Leopold qamoqqa olindi va Taunsend va Baronti mamlakatdan qochib ketishdi[3].

Voqeani hal qilgandan soʻng, Maria Therea 1944-yilda vafot etguniga qadar marjonni ushlab turdi. Toʻrt yil oʻtgach, Gabsburglar oilasi uni fransuz sanoatchisi Pol-Lui Vaylerga sotishdi. 1960-yilda Vayller Napoleon olmos marjonini Garri Uinstonga sotgan, u buyumning tarixiy qiymati boʻlaklab sotilganidan koʻra yuqori boʻladi deb hisoblagan[7]. Oʻsha paytda tarixiy buyumlarni boʻlaklab qimmatbaho toshlarini alohida sotish odatiy hol edi Post marjonni 1962-yilda Smitson institutiga sovgʻa qilgan va shundan beri taqinchoq Vashingtondagi Milliy tabiiy tarix muzeyida, saqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Recent Research on the Napoléon Diamond Necklace", National Museum of Natural History. Retrieved October 19, 2008.
  2. McLynn, Frank (1998). Napoleon, p. 465. ISBN 0-7126-6247-2.
  3. 3,0 3,1 3,2 Gaillou, Eloïse; Post, Jeffrey; „An Examination of the Napoleon Diamond Necklace“, Gems and Gemology (Winter 2007), p. 352.
  4. "Portrait of Marie-Louise, Empress of France with Her son Napoleon II, King of Rome", François Gérard (1811) (on Wikimedia Commons)
  5. "Portrait of Marie-Louise as Empress of France", François Gérard (1812) (on Wikimedia Commons)
  6. "Maria Luigia, Duchess of Parma", Giovan Battista Borghesi (1839) (on Wikimedia Commons)
  7. Lineberry, Cate; „Diamonds Unearthed“, Smithsonian Magazine, January 1, 2007. Retrieved October 19, 2008.