| Shahar
Nürnberg
| Gerb |
 |
|
Nyurnberg — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnits daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, un-t, i.t. markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.
N. qoʻlyozmalarda 1050 y.dan tilga olingan. 1219 y.dan erkin shahar. 14—15-a.larda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806 y.dan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 y.larda N. da Xalqaro harbiy tribunal 2-jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazgan.[1]
Nürnberg Olmoniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Oʻrta Frankoniya tumani tarkibiga kiradi.Maydoni – 186,38 km2. Aholisi – 505 664 kishi (2010).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil