Muzaffar Soliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmatlar vaziri
Mansab davri
2017-yil 5-iyuldan – 2021-yil 14-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Sherzod Hidoyatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-may 1975-yil (1975-05-22) (48 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Unvoni Polkovnik

Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan[2].

1997—1999-yillarda Harbiy xizmat.

1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.

2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi[3]

15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 10-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]