Munozara:Vint chiziq

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vint chiziqlar

Chizma geometriyadan malumki nuqtaning biror aylanma sirt ustida bir xil tezlikda aylanma va ilgarilanma harakati natijasida hosil qilgan traektoriyasi (harakat yo’li) vint chiziq deyiladi. Vint chiziqlar fazoviy egri chiziq bo’lib, u silindrik, konus, sferik va boshqa vint chiziqlariga bolinadi. Nuqtaning tog’ri doiraviy Silindrik ustida bir xil tezlikda aylanma va ilgarilanma harakatlanib chizgan chizig’i silindrik vint chiziq deyiladi. Nuqta hosil qilgan chizig’i chapaqay va o’naqay vint chiziqlarga bo’linadi. Soat mili harakatiga teskari yunalishida ko’tariladigan chiziq o’naqay vint chiziq, soat mili harakati bo’yicha ko’tariladigan chiziq esa chapaqay vint chiziq deyiladi. Vint chiziqning qadami, o’rami va kotarilish burchagi vint chiziqning elementlari bo’lib hisoblanadi (1.1-shakl). Silindrik yasovchisi boylab olchangan qo’shni o’ramlari orasidagi masofa vint chiziqning qadami (S) deyiladi. Nuqtaning Silindrik oqi atrofida bir marta aylanib chiqishi natijasida chizgan vint chizig’i o’ram deb aytiladi. s/πd nisbat vint chiziqning ko’tarilish burchagi (φ) deb aytiladi (d - Silindrikning diametri). Diametri d bo’lgan va qadami S ga teng silindrik vint chiziqning proektsiyalarini yasalishini ko ramiz (1.1-shakl). Buning uchun S qadam va d diametrli aylanani o nikkitadan teng bo laklarga bolamiz. Proektsiyalarda nuqtaning boshlang’ich vaziyati 0 va 01 raqamlar bilan, uning oraliq nuqtalari esa 1,11 ,2, 21 ... raqamlar bilan belgilangan. Nuqtaning tola aylangandan keyingi vaziyati 12, 121 nuqtalar bilan belgilangan. Bu paytda nuqta bir tola o’ram hosil qilgan bo’ladi va S balandlikka ko’tariladi. Bundan keyingi harakati davomida ikkinchi o ramni chiza boshlaydi va hokazo. Demak, silindrik vint chiziqning frontal proektsiyasi sinusoidadan, gorizontal proektsiyasi aylanadan iborat bo’lar ekan. Vint chizg’ining birinchi o’ramini yoyilmasini yasash uchun uning boshlang’ich vaziyatini frontal proektsiyasini (01) dan gorizontal tog’ri chiziq chizib, uning ustiga d diametrli aylana uzunligi o’lchab qo yib, u teng 12 bo’lakka bolinadi. Bolinish nuqtalardan vertikal va o’ramning frontal proektsiyasidagi, 1,21,31... nuqtalardan gorizontal chiziqlar otkaziladi. Bu chiziqlarning bir xil son belgililari ozaro kesishib, vint chizig’ining yoyilmasiga oid nuqtalarni hosil qiladi. Hosil bo’lgan nuqtalar tutashtirib chiqilsa, kotarilish burchagi φ ga teng bo’lgan L to’g’ri chiziq ya’ni vint chizig’ining bir o’ramini yoyilmasi hosil bo’ ladi.