Munozara:Gxosh Aurobindo vikipedia

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GXOSh Aurobindo (1872-1950) — Gʻarb va Sharqq olamida keng tanilgan hind faylasufi. U Аristotel, Dante, Shelling, Gyote asarlarini aslida oʻrgandi. Gxosh Gʻarb va Sharq madaniyatini mukammal oʻzlashtirish natijasida bu ikki xil madaniyatning oʻzaro birlashadigan, sintezi boʻla oladigan oliy madaniyat haqida xulosalar yasadi. Gxoshning fikricha, intellektual ong inson evolyutsiyasi jarayonida oliy pogʻona emas, balki oraliq pogʻonadir.

U yoga yoʻlidan borib, mistik darajaga erishdi, koʻplab metafizik asarlar yaratdi. Bular qatorida eng mashhuri „Savitri“ asaridir. Uning „Oʻlmas qalbni izlab“, „Abadiyat yoʻlida“ kabi asarlari tasavvuf falsafasidagi gʻoyalari b-n hamohangdir.

Gxoshning taʼlimoti[manbasini tahrirlash]

Gxosh hind yoga taʼlimotini shakllantirdi. Shu maʼnoda uni integral vedanta (yoki integral yoga) asoschisi deb tan olganlar. Gxosh Gʻarb va Sharq maʼnaviyatidagi kamchiliklarni, Gʻarb materializmini xamda Sharq spiritualizmi va tarkidunyochiligini chetlab oʻtishga harakat qilib, Gʻarb va Sharqni oʻzaro kelishtiradigan umuminsoniy mistik diniy dunyoqarash tizimini ishlab chiqdi. Shu maqsadda u vedantani isloh qildi. Natijada, olamning illyuziya ekanligi gʻoyasi oʻrniga uning braxmanning quvvati (shakti) goyasini kiritdi. Shu quvvat yordamida braxman oʻzini namoyon etish imkoniyatiga ega boʻlishi gʻoyasini ilgari surdi. Braxman mutlaq realligi bilan empirik dunyo orasida bogʻlovchi halqa boʻlib, uning nuqtai nazariga kura, „supramental ong“ da braxmanning dastlabki birligi ajralishga duch kelib, ruhiy xilma-xillik vujudga keladi.

Borliqning maqsadi[manbasini tahrirlash]

Borliqning maqsadi esa yana manbaga qaytmoqdan iborat boʻlib, bu maqsad butun insoniyatni birgalikda ozod qilish orqali amalga oshadi. Integral yoga shu maqsad uchun xizmat qiladi. Gxoshning „Yoganing sintezi“ nomli asari shu buyuk taʼlimot mazmunini ifoda etadi.

Adibning mashxurligi[manbasini tahrirlash]

Gxoshning nomini mashxur Hind yozuvchisi R.Tagor Hind qalbini oʻzida mujassam etgan ovoz deb atagan bulsa, mashxur frantsuz yozuvchisi R.Rollan „Davrimizning eng yorqin mutafakkiri“ deb ulugʻladi. Gxoshning 30 jilddan ortiq asarlari orasida falsafiy gʻoyalari salmoqli oʻrin tutadi.

  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.