Munozara:Ato ibn Abu Raboh

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nimaga bu maqola yo'qotiladigan listga tuship qoldi? - Bien 17:15, 23 Avgust 2007 (UTC)

Sabablar:

1. Bu shaxsning e'tiborga loyiqligi (notability) shubha ostidadir;

2. Matn ensiklopedik va betaraf emas (buyuklaridan, eng katta hadis olimi kabi so'zlar qo'llanilmoqda, ichki ishoratlar yo'q).

Maqola o'chirilmasligi uchun muammolarni hal qilish mumkin, buning uchun: 1. Maqolada ta'riflangan shaxs haqida ma'lumot berilgan obro'li veb-saytga ishorat qo'yish;

2. Maqola matnini betaraf va ensiklopedik ko'rinishga keltirish kerak. --Abdulla 07:43, 24 Avgust 2007 (UTC)

Bu shaxsning e'tiborga loyiqligi (notability) shubha ostidadir; == Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, tanilgan fiqh olimlaridan deyilgan, sizning u kishini bilmasligingiz yoki bilimning bir parchasi bo'lgan diniy bilimingiz yo'qligi tufayli, bu kishining "notability"si yo'q deb aytay olmaysiz.


2. Matn ensiklopedik va betaraf emas (buyuklaridan, eng katta hadis olimi kabi so'zlar qo'llanilmoqda, ichki ishoratlar yo'q).

==

"Buyuklaridan" ma'nosini tushundingizmi? Masalan "Immanuel Wallerstein" zamonamizning eng buyuk sosiologlaridan biri - One of the greatest sociologists of our century" jumlasidagi buyuk so'zi bilan ayni ma'noda ishlatilgan."eng katta hadis olimi" degan jumla ham ayni ma'noda, buni hamma tushunadi. Bu yerda men hech qanaqa betarafsizlik ko'rmadim. Shuning uchun bu etirozingizga men qo'shilmayman.


==

Maqola o'chirilmasligi uchun muammolarni hal qilish mumkin, buning uchun: 1. Maqolada ta'riflangan shaxs haqida ma'lumot berilgan obro'li veb-saytga ishorat qo'yish;

2. Maqola matnini betaraf va ensiklopedik ko'rinishga keltirish kerak

== Ichki ishorat nimaligini tushunmadim, hozricha wikipedia haqida kam narsa bilaman. Lekin, obro'li websitega link bo'lish kerak degan fikringizga ham qo'shilmayman. birorta qogoz manba ishorat qo'yilsa yetadi.

Aytingchi, masalan FTP haqidagi maqola ham faqat bir qatordan iborat, yani hech qanday ensiklopedik malumot yo'q. Lekin, uni yo'qotilish royxatiga qo'ymagansiz, nimaga? O'sha maqola, va bu maqola uchun ham yoqotish royxatiga kiritishning o'rniga, inglizchadagi kabi "this article is a stub, please contribute to develop" deb qo'ysangiz, maqsadga muvofiq va betaraf bo'ladi. Keyin, ensiklopedik bilim degan tushuncha, bu albatta o'n bet bo'ladi degani emas, agar Larousse bo'lsin Britannica bo'lsin, bazi shaxslar haqidagi ensiklopedialarni ko'rsez, bazi insonlar haqida ikki uch sahifa, bazilari haqida esa besh-o'n qator malumot keltirilgan. Ikki xil maqola ham ensiklopediadan o'rin olgan.

Bien 23:20, 25 Avgust 2007 (UTC)

Diniy bilim bor, lekin muhaddislarning biografiyasi bilan qiziqmaganman, faqatgina Qurʼon, Bibliya oʻqiganman.

"Notability" boʻlsa, iltimos, biror manba koʻrsating, hech boʻlmasa interviki qoʻying.

en:Immanuel Wallerstein maqolasida greatest kabi soʻzlar yoʻq.

Ichki ishorat Vikipediyaning boshqa maqolalariga eltuvchi ishoratdir.

FTP haqidagi maqolaning chalaligi uni oʻchirish uchun sabab emas, qolaversa oʻsha maqolada intervikilar bor, ularni bemalol manba deb hisoblash mumkin.--Abdulla 07:33, 28 Avgust 2007 (UTC)

"2. Maqolada ta'riflangan shaxs haqida ma'lumot berilgan obro'li veb-saytga ishorat qo'yish" masalasida foydalanuvchi Abdullaning O'zbek interneti haqida "ensiklopedik" ma'lumoti yo'qga o'xshaydi. Chunki O'zbek tilida ma'lumot beruvchi "obro'li" vebsaytlar bir qo'lning barmog'i bilan sanoqli, diniy ilmlar haqida ma'lumot beruvchilariga esa 3ta barqmo yetarli. Shu sababli maqolada ta'riflangan shaxslar haqida UzWikipedia'da birinchi marotaba o'zbek tilida ma'lumot berilayotgan bo'lsa ajab emas. Agar UzWikipedia'da ushbu ma'lumotlar tursa, boshqa vebsahifalar "obro'li" veb saytga ishorat sifatida bu yerga link qo'yishadi. --Master

OʻzNetning ahvoli haqida bilaman. Lekin men obroʻli veb-sayt oʻzbekcha boʻlishi shart, demadim. Ruscha, inglizcha yoki boshqa tillardagi manbalarga ishorat qoʻysa ham boʻlaveradi (Google Translate degan narsa bor ekan, xavotir olmasa ham boʻlaveradi). --Abdulla 07:33, 28 Avgust 2007 (UTC)

Ato ibn Abu Raboh[manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani to'ldirishda ko'maklashing! Ilhom Aliy Muhammad (munozara) 15:25, 6-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]