Muhammadiya ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliy Hokimiyat ordeni hisoblanib, Muhammadiya yoki Muhammad ordeni deb aytiladi (arab. Vissam al-Muhammadiy ) — Marokash Qirolligining oliy davlat mukofoti boʻlib, hukmdorlar, davlat rahbarlari, qirollik oilasi aʼzolarini taqdirlash uchun moʻljallangan.

Ta'sis etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu orden Marokashning birinchi qiroli Muhammad V tomonidan 1955 -yil 16-noyabrda mamlakatning Fransiya qaramligidan ozod bo'lib, o'z mustaqilligi va hokimiyatiga erishganligi munosabati bilan taʼsis etilgan.

Hozirda ordenning qay tartibda berilish nizomi qirollikning mukofot tizimini tartibga soluvchi 1386 yil 1 Ramazon ( 14 -dekabr 1966-yil )dagi 199-66-sonli Qirollik Dahiri (qonuni) bilan belgilanadi.

Darajalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orden bezatilish uslubiga ko'ra uch darajaga bo'linadi:

  • Maxsus daraja - zanjiri olmos va yoqutlar bilan bezatilgan oltin ko'krak nishoni, hukmdorlar, davlat rahbarlarini taqdirlash uchun.
  • Birinchi daraja -yulduz shaklida qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin ko'krak nishoni.
  • Ikkinchi daraja -yulduz ko'rinishidagi oltin ko'krak nishoni.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orden (koʻkrak nishoni) sharqona uslubda ishlangan boʻlib, markazida oltin medalyon va sakkiz qirrali, yashil emalli yulduz joylashgan. Ko'krak nishoni markazida Marokash Qirolligining davlat gerbi joylashgan bo'lib, uning ostida arabcha “Muhamadiyya” yozuvi bor. Ko'krak nishoni 36 ta olmos bilan o'ralgan. Yulduzning yon tomonidagi filigraga yoqut va olmoslar kiritilgan.

Orden zanjiri gullar ko'rinishida bezatilgan o'n to'qqizta oltin bog'dan iborat. Markaziy qismida Marokash Qirolligining rangli emallardan yasalgan davlat gerbi tasvirlangan.

Orden sohiblari (to'liq ro'yxat emas)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maxsus darajadagi orden sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Akixito - Yaponiya imperatori
  2. Idris I - Liviya qiroli
  3. 1956-yil 26-may - Faysal II - Iroq qiroli
  4. 1960-yil - Albert II - Belgiya qiroli
  5. 1960-yil - Paola - Belgiya qirolichasi
  6. 1960-yil - Husayn ibn Talal - Iordaniya qiroli
  7. 1961-yil 1-aprel - Iosip Broz Tito - Yugoslaviya prezidenti
  8. 1970-yil 16-oktyabr - Hamad bin Iso Al Xalifa - Bahrayn valiahd shahzodasi
  9. 1980-yil - Yelizaveta II - Buyuk Britaniya qirolichasi
  10. 1980-yil 29-oktyabr - Filipp, Edinburg gertsogi - Buyuk Britaniya shahzodasi konsorti
  11. 1988-yil 16-sentyabr - Hassanal Bolkiah - Bruney sultoni
  12. 1989-yil 25-sentyabr - Xuan Karlos I - Ispaniya qiroli
  13. 1995-yil 20-fevral - Mario Soaresh - Portugaliya prezidenti
  14. 2000-yil 18-sentyabr - Sofiya - Ispaniya qirolichasi
  15. 2002-yil - Hamad bin Xalifa Ol Tani - Qatar amiri
  16. 2004-yil - Jobir al-Ahmed al-Jobir as-Sabah - Quvayt amiri
  17. 2014-yil 4-mart - Alpha Konde - Gvineya Prezidenti
  18. 2014-yil 31-may - Moncef Marzuki - Tunis Prezidenti
  19. 2014-yil 15-iyul - Filipp VI - Ispaniya qiroli
  20. 2014-yil 15-iyul - Letisiya - Ispaniya qirolichasi
  21. 2015-yil 31-may - Xose Mario Vas - Gvineya-Bisau prezidenti
  22. 2016-yil - Jon Magufuli - Tanzaniya prezidenti
  23. 2016-yil 21-iyun - Pol Kagame - Ruanda prezidenti
  24. 2016-yil 27-iyun - Marselo Rebelo de Sousa - Portugaliya prezidenti
  25. 2016-yil 21-noyabr - Eri Radzaunarimampianina - Madagaskar Prezidenti
  26. 2017-yil 17-fevral - Nana Akufo-Addo - Gana prezidenti

1-darajali orden sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jeffri Bolkiah - Bruney moliya vaziri
  2. Hipolito Mejia - Dominikan Respublikasi Prezidenti.
  3. Muhammad ibn Talal — 1952—62-yillarda Iordaniya valiahd shahzodasi, Hoshimiylar sulolasidan chiqqan Iordaniya shahzodasi, qirol Talalning ikkinchi oʻgʻli.
  4. Farah - Eron imperatori
  5. 1981-yil - Hamad bin Xalifa Ol Tani - Qatar valiahd shahzodasi va mudofaa vaziri
  6. 1992-yil 6-fevral - Mario Soaresh - Portugaliya prezidenti
  7. 2015-yil 17-mart - Muhammad bin Zayed Al Nahayon - Abu Dabi valiahd shahzodasi va BAA Qurolli kuchlari Oliy qo'mondoni o'rinbosari

2-darajali orden sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sulton ibn Abdulaziz Al Saud-Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi
  2. Moza bint Nosir al Misned - Qatarning 3-amiri Shayx Hamad ibn Xalifa al-Taniyning ikkinchi xotini (uchta xotini bo'lgan), hozirgi amirning onasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]