Muhammad arshad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzo Muhammad Arshad Ali Akbar oʻgʻli — Afg'on shoiri, qobiliyatli musiqachi, xattot va yirik qasidanavis. U 1616-yilda Hirot ning yaqinidagi Barnobod shahrida tavallud topgan.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Arshad oʻz zamonasida taniqli adib sifatida ham shuhrat qozongan. Shoir mumtoz adabiyotning turli janrlarida ijod etgan boʻlsa ham, uning isteʼdodi, ayniqsa, qasida janrida yorqin namoyon boʻldi. Uning qasidalari zamondoshlari tomonidan badiiy puxta asarlar sifatida tan olingan. Adib nafaqat sheʼriy ijod bilan shugʻullangan, balki undan nasriy asarlar ham saqlanib qolgan. Professor Jovidning guvohlik berishicha, uning nasriy asarlari uslubi yetuk va goʻzaldir U musiqada isteʼdod sohibi, mohir xattot va yirik dariyzabon shoir sifatida shuhrat qozongan. Muhammad Arshad Barnobod kutubxonasida saqlangan har bir jildi 40 ming baytdan iborat 7 jildlik sheʼriy antologiyani va Qur’oni Karimni 8 marta husnixat bilan koʻchirgan.qasida janrida barakali ijod qilgan. Shoir devoni mavjud va hozirga qadar saqlanib qolgan. Uning tanlangan sheʼrlari majmuasi „Mirzo Arshadning tanlangan sheʼrlari“ nomi bilan 1348/1969 yillarda chop etildi. Arshadning dariyzabon devoni qasida, masnaviy, gʻazal, ruboiy kabi janrlarni qamrab olgan. Devon tarkibida besh ming bayt atrofida sheʼr mavjud. Bundan tashqari Muhammad Arshad katta hajmdagi „Gavhar yogʻdiruvchi bulut“ masnaviysini yaratgan va ushbu asarida „Moyil“ taxallusini qoʻllagan. Shoir 1701-yilda Barnobodda vafot etgan.

Ijodiy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

خزان فسرده شده ونوبهارما نشکفت، گذشت فصل گل ولاله زارما نشکفت. هزار تخم فشاندیم در ریاض امید، به جز سرشک گلی درکنارما نشکفت. چگونه بر سر بازار گلفروش آریم، گلی که در چمن اعتبار ما نشکفت. هزار تجربه کردیم در بهار امید، به هیچ وجه گل اختیار ما نشکفت. گذشت فصل بهاروبه هیچ رنگ ارشد، شکوفه طرب از شاخسار ما نشکفت.

Kuz soʻlgʻinligi keldi, ammo bizning bahorimiz chechak ochmadi, Gul fasli oʻtdiyu bizning lolazorimiz gullamadi. Umid bogʻlariga mingta urugʻ ekdik, (ammo) (U erda) koʻz yoshimizdan oʻzga biz uchun bir gul ham ochilmadi. Gulfurush bozoriga qanday eltaylik, Bizning hurmat-eʼtiborimiz chamanida bir gul ham ochilmagan boʻlsa. Umid bahorida ming turli harakatlar qildik, (Ammo) biz istagan gul asti ochilmadi. Arshad, bahor fasli oʻtdiyu, biron rangda ham Bizning shoxchamizda xursandchilik gʻunchasi ochilmadi. Gʻazalda Arshad oʻzining hayotdan qilgan umid-orzulari roʻyob¬ga chiqmaganligidan, shoir tili bilan aytganda, „umid bogʻlariga ekkan ming dona urugʻi“dan bitta ham maqsad chechagi ochilmaga-nidan noliydi. Ayni paytda, nima uchun uning bunday koʻrgu¬lik¬ka yoʻliqqani oʻquvchi uchun qorongʻiligicha qoladi. Shoir ijodini atroflicha oʻrganish bunday savollarga javob topish imkonini yaratishi ehtimoldan xoli emas.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.http://vidah.rozblog.com/post/1079 2.http://www.lib.ir/book/56172880

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

[2]

  1. Rahmon Inomxo'jayev. {{{title}}}, Toshkent, 2016 — 13/16 bet. 
  2. Professor Jovid. {{{title}}}.