Muhammad Xurosoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Xurosoniy“Naso­yim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf namoyandasi, Alisher Navoiyning zamondoshi. Ichkilikbozlik va bezorilikdan tavba qilib, Muhammad Tabodgoniy tarbiyatida chilla oʻtirib, koʻp riyozat chekkan. Tavakkul qadami bilan haj safariga borib kelgan. Hajdan qaytganidan keyin uzlat tutib, Pay rabotida ibodatga mashgʻul boʻlgan. Piri qabri yonida dafn etilgan. “Nasoyim ul-muhab­bat”ga ushbu darvesh bilan bogʻliq fasl Na­voiy tomonidan qoʻshilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.