Muhammad VI masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Muhammad VI masjidi
Centro Mohammed VI para el Diálogo de las Civilizaciones
Mamlakat  Chili
Shahar Coquimbo
Meʼmor Faissal Cherradi
Asosiy sana:
2007-yil
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 40 m (130 ft)

Muhammad VI Sivilizatsiyalar muloqoti markazi (ispancha: Centro Mohammed VI para el Diálogo de las Civilizaciones) — Chilining Coquimbo shahridagi masjid. Tuzilma Marokashdagi Kutubiyya masjidining nusxasi hisoblanadi. U Marokash Qirolligi va Coquimbo munitsipaliteti tomonidan moliyalashtirilgan, Marokash qiroli Muhammad VI sharafiga nomlangan. Masjid har yili 25 ming kishini qabul qiladi[1].

Qurilish marokashlik arxitektor Faissal Cherradi boshchiligida 2004-yilda boshlangan va 2007-yilda yakunlangan. Binoni oʻsha paytdagi Coquimbo meri Oscar Pereira va Marokash delegatlari ochib bergan[2].

Majmuada madaniyat markazi, kutubxona va muzey ham mavjud[3]. Coquimbo munitsipaliteti va Marokashning Chilidagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan, rekonstruksiya loyihasi 2019-yilda boshlangan[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „En marzo del 2020 reabriría sus puertas la Mezquita de Coquimbo“. www.diarioeldia.cl/ (2019-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  2. „La mezquita“. wwww.coquimboturismo.cl/ (2020). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  3. „Panoramas! Horarios de la Cruz del Tercer Milenio y Mezquita de Coquimbo“. www.elobservatodo.cl/ (2016-yil 29-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  4. „Millonaria inversión permitirá remodelación de Mezquita de Coquimbo“. www.municoquimbo.cl (2019-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]