Muhammad Omiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Omiliy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ va ziyrak kishiligi, koʻp vaqt Sharafiddin Ali Yazdiy xizmatida boʻlgani va u zotning eʼtiboriga tushganligi haqida maʼlumot beradi. Muhammad Omiliyning sheʼr turlaridan koʻproq muammoga moyilligi koʻp boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning “Noʻyon” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan. Muhammad Omiliyning oʻgʻli ham shoir boʻlgan. Qabri Nishopurda[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.