Muhammad Jomiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Jomiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir, Abdurahmon Jomiyning ukasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning zohiriy ilmlarni toʻla egallagani, darveshona xulq va sifati, oʻziga xos yashash tarzi borligi, musiqa ilmida mohir, donishmandlikda komil ekani, har ishda oʻz akasiga munosib boʻlganligini mehr bilan eslaydi. Shuning­dek, tazkirada Muhammad Jomiyning qabri Saʼdiddin Koshgʻariy maqbarasining oyoq tomonida ekanligi bilan bogʻliq maʼlumot ham bor. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi ruboiysi keltirilgan:

In bodaki, man be tu ba lab meoram,

Ne az pai shodiyu tarab meoram.

Zulfi siyahi tu roʻzi man karda siyoh,

Roʻzi siyahi xesh ba shab meoram.

(Mazmuni: Bu mayni sensiz labimga olib borar ekanman, buni shodu xurram boʻlish uchun qilmayman; Sening qora zulfing mening kunimni qora qildi, ana shu qora kunimni kechaga aylantiraman[1][2].)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.