Motal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Motal — echki yoki qoʻy sutidan tayyorlangan mayin tuzlangan turdagi pishloq boʻlib, u koʻpincha Zaqafqaziya mamlakatlarida tayyorlanadi.

2011-yilda bu pishloq yoʻqilish xavfi ostida boʻlib qolib, haqiqiy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlaridan biri sifatida „Taʼm kemasi“ roʻyxatiga kiritilgan[1].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Motal pishloqi yozda Ozarbayjon va Armanistonda oz miqdorda ishlab chiqariladi. Tayyorlash paytida pishloq massasiga togʻ timyanining poyasi va barglari qoʻshiladi. Pishilish 3-4 oy davom etadi, bu davrda pishloq massasi salqin joyda maʼlum tarzda echki yoki qoʻy terisidan tayyorlangan maxsusu haltada saqlanadi. Dimiqish davrida xaltalar har 4-5 kunda aylantiriladi. 20-25 kilogramm ogʻirlikdagi tayyor shaklsiz pishloq boshlari dimiqib boʻlgandan soʻng 0,5-1 kilogramm ogʻirlikdagi kichikroq qismlarga boʻlinadi va maxsus idishga qadoqlanadi[2][3].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq boshlarining oʻziga xos shakli yoʻq, ularning vazni dastlab 20-25 kilogrammni tashkil qiladi, ammo keyinchalik ular bir kilogramm ogʻirlikdagi kichikroq boʻlaklarga boʻlinadi. Pishloq boshlarida tabiiy yoki sunʼiy qobiq yoʻq. Pishloq oq yoki och sariq rangga ega, ziravorlar bilan, sochiladigan tuzilishga ega va pishloq massasining mayda boʻlaklarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Pishloqning yogʻliligi 35-40%[4].

Pishloq shoʻr, ozgina achchiq taʼmga ega, shuningdek, aniq nordon sutli hidga ham ega. Pita noniga oʻralgan holda dasturhonga tortiladi, piyoz, sarimsoq va rayhon, shuningdek quruq qizil sharob, xususan, kaxet vinolari bilan yaxshi isteʼmol qilinadi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Армянский сыр попал в Красную книгу“ (ru). «АиФ» (2011-yil 11-avgust). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-mart.
  2. 2,0 2,1 В. В. Похлёбкин 2015.
  3. Азербайджанская кухня 2006.
  4. „Мотал“ (fr). povar.ru. Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Кашкай Х. Азербайджанская кухня. — М.: ОЛМА Медиа Групп, 2006. — 263 с. — ISBN 5-373-00629-7.
  • Похлёбкин В. В. Мотал // Кулинарный словарь. — М.: Издательство «Э», 2015. — С. 228. — 456 с. — 4000 экз. — ISBN 978-5-699-75127-3.