Mobil TeleSistemalar
MTS-Oʻzbyekiston yoki Uzdunrobita (oʻzb. "Mobil TeleSistemalar", rus. "Мобильные ТелеСистемы") — Uyali aloqa operatori, Oʻzbekistonda brend nomi Em-Te-Es (yoki ruscha МТС) deb talaffuz etiladi.
Mundarija |
[tahrir] Taʼrix[1]
1991-yil avgustda Aloqa vazirligi tashabbusi bilan va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati koʻmagida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi «Uzdunrobita» kompaniyasi tashkil etildi. Bu nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda tashkil etilgan birinchi mobil aloqa kompaniyasidir.
2004-yil avgustda «Uzdunrobita» kompaniyasi «Mobil Telesistemalar» OAJ xalqaro kompaniyasi (Rossiya) tarkibiga kirdi. 2006 yil iyunda oʻtkazilgan rebrendingdan soʻng kompaniya yangi «MTS» brendi ostida oʻz xizmatlarini koʻrsata boshladi.
«Uzdunrobita» kompaniyasi Oʻzbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi, va GSM 900/1800 standartida xizmatlar koʻrsatadi. Tarmoq doirasi respublikaning aksariyat hududini, aholining 90 foizdan ortigʻini, koʻpchilik aholi punktlarini, muhim avto- va temir yoʻl magistrallarini oʻz ichiga oladi.
2007-yil aprelda Oʻzbyekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi «MTS» OAJ kompaniyasining Oʻzbyekistondagi shoʻ’ba kompaniyasi boʻlmish «Uzdunrobita» kompaniyasiga 3G uchinchi avlod tarmogʻining UMTS standartida aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun litsyenziya taqdim etdi.
2008-yilning ikkinchi yarim yilligida MTS kompaniyasi Toshkyent va Samarqand shaharlarida yangi tarmoqni ishga tushirdi. Ushbu tarmoq hozirgi vaqtda Urganch, Xiva va Buxoroda ham ishlamoqda. Yangi standartni qoʻllaydigan apparatlarning egalari «Videoqoʻngʻiroq», «Mobil televideniye» va «Yuqori tezlikdagi Internet» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Italic text