Mixail Velikanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Andreyevich Velikanov
Tavalludi 10-yanvar 1879-yil
Qozon, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1-may 1964-yil
Ilychevo, Vyborg tumani, Leningrad viloyati
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi gidrologiya
Ish joylari Toshkent davlat universiteti
Taʼlimi Sankt-Peterburg temir yoʻl muhandislari instituti
Mukofotlari

Mixail Andreyevich Velikanov (1879-yil 10-yanvar, Qozon – 1964-yil 1-may, Ilyichevo, Leningrad viloyati) – sovet gidrologi, yer gidrologiyasining asoschilaridan biri.

Texnika fanlari doktori (1935). SSSR Fanlar akademiyasining „gidrologiya, kanal oqimlari dinamikasi“ ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻlimining muxbir aʼzosi (1939). Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1939). RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1948). Temir yoʻl xalq komissarligi (NKPS) Oliy texnika qoʻmitasi kengashi aʼzosi (1921–1922). Davlat geofizika institutining haqiqiy aʼzosi (Moskva, 1924), Markaziy elektrotexnika kengashining gidrotexnika boʻlimi aʼzosi (1924). SSSR Fanlar akademiyasining Geologiya-geografiya fanlari boʻlimi qoshidagi oqimlarni oʻrganish komissiyasi raisi (1947). Xalqaro dengiz kongresslari assotsiatsiyasining umrbod aʼzosi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Andreyevich Velikanov 1879-yil 10-yanvarda Qozon shahrida tugʻilgan. 1903-yilda Sankt-Peterburg temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan.

1903–1912-yillarda Tomsk temir yoʻl okrugi boshqarmasining kichik muhandisi, kema inspektori (Tomsk, Krasnoyarsk) boʻlgan.

Birinchi jahon urushi paytida 1914–1916-yillarda Bug va Berezina daryolari boʻylab koʻpriklar qurilishiga rahbarlik qilgan.

Inqilobdan keyin, 1920-yilgacha u Tomsk texnologiya institutida dars bergan va ichki suv yoʻllari kafedrasi mudiri boʻlgan.

1920-yildan Sibir qishloq xoʻjaligi instituti muhandislik-melioratsiya fakulteti dekani boʻlgan.

Moskvaga koʻchib oʻtgandan soʻng, 1921–1922-yillarda Moskva Yer tadqiqotlari institutining gidrologiya kafedrasining professori, 1923–1930-yillarda Moskva Oliy Texnika Universitetining professori boʻlgan.

1930-yildan Moskva Gidrometeorologiya institutida yer gidrologiyasi kafedrasini boshqargan. 1933-yildan 1935-yilgacha Leningraddagi Gidrotexnika ilmiy tadqiqot institutida gidromexanika guruhi rahbari, shuningdek, 1933–1936-yillarda Markaziy Eksperimental gidrologiya va meteorologiya instituti eksperimental gidrologiya sektorining mudiri boʻlgan.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida evakuatsiya vaqtida Toshkentga kelgan. Oʻrta Osiyo davlat universitetida 1941–1943-yillarda dars bergan. Fizika-matematika fakultetida gidrologiya ixtisosligini tashkil qilgan.

1945–1953-yillarda Moskva davlat universiteti fizika fakulteti kanallar oqimi fizikasi kafedrasini boshqargan.

Mixail Andreyevich Velikanov 1964-yil 1-mayda Ilychevoda vafot etgan va Zelenogorskda dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lenin ordeni (1953)
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944)
  • Qizil Yulduz ordeni (1945)
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1948)

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Birinchi rafiqasi – Aleksandra Anatolyevna Velikanova[1][2].
  • Ikkinchi rafiqasi – Natalya Aleksandrovna Velikanova (02.03.1909–?)[3][4].
  • Qizi – Tatyana Velikanova (1932—2002).
  • Qizi – Zoya[3].
  • Qizi – Kseniya (Asya) (1936-1987)[5][6].
  • Qizi – Yekaterina[6].
  • Qizi – Mariya[6].
  • Oʻgʻli – Andrey Velikanov[4].
  • Oʻgʻli – Kirill Velikanov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. И. Н. Соловьева. Гибель сенатора“. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  2. „Русское антропософское движение“. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  3. 3,0 3,1 com/people/%D0%97%D0%BE%D1%8F-%D0%92%D0%B5%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%B0/4868475892530124598 Zoya Velikanova[sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 „«Она была лучшей из нас»“. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  5. „Памятник на могиле Татьяны Великановой“. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  6. 6,0 6,1 6,2 Yuliy Daniel. „Ya vse sbivayus na literaturu“ M.: Izd-vo Zvenya. 2000

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]