Mirzo Muhammad Arshad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzo Muhammad Arshad (1616-1701).[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzo Muhammad Arshad Ali Akbar o‘g‘li bo‘lib, u 1616 yilda Hirotning yaqinida joylashgan Barnobod shahrida tug‘ilgan edi. Arshadning oilasi o‘z davrining o‘qimishli oilalaridan hisoblanib, undan keyinchalik ham bir qator taniqli yozuvchilar etishib chiqqan. SHuning bilan birga, Mirzo Muhammad Arshad mashhur barnobodiy mirzolar sulolasi orasidan chiqqan eng isteʼdodli shaxs sifatida tan olinadi.

Arshad musiqada ham isteʼdod sohibi bo‘lgan o‘z zamonasining taniqli madaniyat arboblaridan bo‘lib, Barnobod hokimi Hasanxon SHomlu tomonidan qo‘llab-quvvatlab turilgan.

Muhammad Arshad o‘z davrining mohir xattoti sifatida ham shuhrat qozongan. Bu mashg‘ulotni u keksaygan vaqtlarida ham tark etmagan. Tadqiqotchilarning guvohlik berishicha, Muhammad Arshad Barnobod kutubxonasida saqlangan har bir jildi 40 ming baytdan iborat 7 jildlik sheʼriy antologiyani husnixat bilan ko‘chirgan, Qur’oni Karimni sakkiz marta ko‘chirib, o‘quvchilarga taqdim etgan. Moyil Heraviy Muhammad Arshad qo‘li bilan ko‘chirilgan qo‘lyozmalarni 1960 yillarda ko‘rgani va ular nastaʼliq hamda shikasta yozuvlari bilan yozilgani haqida xabar beradi . Muhammad Arshad, albatta, nasx yozuvida ham mohir bo‘lgan, chunki Qur’oni Karim, odatda, nasxda yoziladi. Bundan maʼlum bo‘ladiki, Muhammad Arshad turli arabcha yozuvlarda husnixat bilan yozish malakasiga ega bo‘lgan.

Muhammad Arshad o‘z zamonasida taniqli adib sifatida ham shuhrat qozongan edi. SHoir mumtoz adabiyotning turli janrlarida ijod etgan bo‘lsa ham, uning isteʼdodi, ayniqsa, qasida janrida yorqin namoyon bo‘ldi. Uning qasidalari zamondoshlari tomonidan badiiy puxta asarlar sifatida tan olingan.

Ijod yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adib nafaqat sheʼriy ijod bilan shug‘ullangan, balki undan nasriy asarlar ham meros bo‘lib qolgan. Professor Jovidning guvohlik berishicha uning nasriy asarlari uslubi etuk va go‘zaldir.

SHoir devoni hozirgacha uning avlodlari qo‘lida saqlanadi. Uning tanlangan sheʼrlari majmuasi „Mirzo Arshad Hiraviy¬ning tanlangan sheʼrlari“ (منتخب اشعار میرزا ارشد هروی) nomi bilan 1348/1969 yilda Eronda chop etildi. Majmuani Moyil Hiraviy nashrga tayyorlagan .

Barnobodiylar sulolasidan bo‘lgan Muhammad Rizo (1765-1815) o‘zining tazkirasida xabar berishicha, Arshad devoni for¬siyzabon sheʼriyatning qasida, masnaviy, g‘azal, ruboiy kabi janrlarini qamrab olgan. Devon tarkibida besh ming bayt atrofida sheʼr mavjud.

Arshad kichik janrlardagi sheʼrlardan tashqari katta hajm¬dagi masnaviylar ham ijod etgan. Bunday asarlaridan birini u „Gavhar yog‘diruvchi bulut“ (ابر گوهربار) deb atagan. Bu asarida shoir „Moyil“ taxallusini qo‘llagan. Bu asar qo‘lyozmasi Moyil Heraviy tomonidan Eronning Mashhad shahridagi „Ostona“ kutubxonasidan topilgan .

Arshadning devonida Muhammad payg‘ambar, shia mazhabi imomlari shaʼniga bag‘ishlab bitilgan qasidalar salmoqli o‘rin tutadi. N. N. Tumanovichning taʼkidlashicha, bu qasidalar orqali dindor oilada tarbiya topgan shoir o‘zining diniy va mazhabiy moyilliklarini ifodalashga intilgan. Ayni paytda adib ularda o‘zining shoirlik mahoratini namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan.

Arshadning poetik salohiyati uning g‘azallarida ham o‘z ifodasini topgan. Bu, ayniqsa, shoir ularda mohirlik bilan qo‘llagan sheʼriy sanʼatlarda, nozikxayollik bilan ishlatilgan iboralarda namoyon bo‘ladi. Masalan, quyidagi baytda ishlatilgan mubolag‘a oshiqning g‘am chekishdagi holatini dramatik tarzda ochib beradi.

Bahor buluti bizning yig‘imizga harif bo‘laolarmidi?

Biz (ko‘z yoshimiz) qatrasi bilan yuzta chamanni sersuv qilamiz.

Bu bayt bilan shoir ko‘z yoshlarini bahor yomg‘iridan ham jadal yog‘ishi, u yuzlab chamanlarni suv bilan qondirishini ifodalaydi.

Quyidagi baytda esa, shoir ishq o‘tida yonganidagi ahvolini tasvirlar ekan, o‘zini temirchi ko‘rasiga tushgan xasga o‘xshatib, emotsional zavq uyg‘otadigan yorqin obraz yaratadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Afg‘onistonlik professor Abdul Ahmad Jovidning 1968 yil-da Toshkent Davlat Universiteti sharqshunoslik fakultetida o‘qigan maʼruzalari (Muallifning shaxsiy arxivi).
  2. Aliev G.YU. Persoyazichnaya literatura Indii. -Moskva, 1968.Abibov A. Az taʼrixi adabiyoti tochik dar Badaxshon. -Dushanbe, 1971.
  3. Mannonov A. Afg‘oniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent, 2001.
  4. Maxfii Badaxshoni. Devoni muxtasar. -Dushanbe, 1971.