Milana Star

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milana Star
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi Milana Vitaliyevna Gogunskaya
17-fevral 2010-yil (2010-02-17) (14 yosh)
Millati rus
Vebsayt milanashow.ru
YouTube maʼlumoti
Kanal
Faoliyat yillari 2017-yildan hozirgacha
Janr videoblog
Obunachilar 2,98 mln
Jami koʻrishlar 1,33 mlrd
100 000 ta obunachi 2018
1 000 000 ta obunachi 2019

Milana Star[1] yoki Milana (haqiqiy ismi – Milana Vitaliyevna Mairko yoki Milana Vitaliyevna Gogunskaya; 2010-yil 17-fevral, Moskva[2]) – rossiyalik qoʻshiqchi va video bloger[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milananing otasi aktyor va boshlovchi Vitaliy Gogunskiy[4]. Milana 2010-yil 17-fevralda tugʻilgan. Milananing onasi Irina Mairko oʻsha paytda Gogunskiy bilan turmush qurmagandi[5]. Alla Pugachovaning estrada sanʼati maktabida vokal boʻyicha tahsil olgan. 2018-yil kuzidan boshlab Milana Mixail Grebenshchikovda oʻqiy boshlaydi. Milananing kumiri Maykl Jekson[6]. 2014 va 2016-yillarda Milana "Odin v odin" telekoʻrsatuvida ishtirok etdi. 2014-yilda otasi bilan faqat bir marta chiqish qildi. Milana Ani Lorak qiyofasida, otasi Grigoriy Leps qiyofasida shu qoʻshiqchilarning „Zerkala“ qoʻshigʻini kuylashadi[7][8]. 2017-yil 30-avgustda „Malyavka“ qoʻshigʻi uchun olingan birinchi videoklipi (Mixail Grebenshchikov musiqasi, Mariya Maxanko soʻzlari). Dastlabki uch hafta ichida videoklip YouTubeda deyarli 2 million marta koʻrilgan[9]. Oʻsha yili Milana „A mne“, „Pati mama“ qoʻshiqlari uchun videokliplarini ham joylashtiradi. 2017-yil 1-sentyabrda maktabga bordi[10]. Oʻsha yili Milana Sochidagi „On i ona“ konsertida 12 ming tomoshabin oldida chiqish qildi („Odnajdi v dekabre“ qoʻshigʻi bilan)[11]. 2018-yilda Milana Milana Filimonova va Liza Anoxina bilan tanishadi. 2018-yilda Milana Maksim Galkinning „Luchshe vsex“ (Birinchi kanal) loyihasida „Malyavka“ qoʻshigʻini ijro etdi. 2018-yil 27-oktyabrda Milana STILNYASHKA bolalar va oʻsmirlar kiyimlari brendining koʻrgazmasida qoʻshiq ijro etdi (Moskvadagi „Moda haftaligi 2018“ doirasida). 2018-yilda Milana Denis Bunin bilan duetda yozilgan „Ya Milana“ qoʻshigʻi uchun videoklipini Youtubega joylashtirdi. Oʻsha yili „Ya takaya v mamu“, „Luchshaya podruga“ („LP“), „Biznes pupsik“ kliplarini Youtubega joylashtirdi. 2019-yilda esa „Na maksimalkax“, „Zdravstvuy, shkola“ (Vitaliy Gogunskiy bilan), „Malchishki“, „Ya vibrala tebya“ (Irina Mairko bilan), „Novogodnyaya“ (Denis Bunin bilan) videokliplarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. 2023-yil mart oyining boshida „LP“ qoʻshigʻiga ishlangan videoklip nomaʼlum sababga koʻra, barcha musiqiy platformalardan oʻchirib tashlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Milana Star - Официальный сайт. Певица Milana Star“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  2. „Биография Миланы Маирко — статьи и новости“ (ru). 7Дней. 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  3. „Милана Гогунская, Участница: фото, биография, фильмография, новости“. Вокруг ТВ. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-fevral.
  4. „Какими талантами обладают дети звезд“ (ru). Женский журнал Woman.ru (2014-yil 28-may). 2019-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  5. „Экс-возлюбленная Гогунского об их романе, ссорах и почему их дочь не носит фамилию отца стр.9“ (ru). 7Дней.ру (2013-yil 7-noyabr). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  6. „Милана Гогунская, дочь Виталия Гогунского, рассказала о своем кумире, увлечениях и планах на взрослую жизнь“ (ru). BIMRU - новости о звездах (2017-yil 13-sentyabr). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  7. „«Один в один!», 25 мая: дочка Гогунского стала Ани Лорак, а сын Свиридовой - Потапом (фото)“ (ru). Вокруг ТВ (2014-yil 25-may). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  8. „Дочка Виталия Гогунского затмила своего отца“ (ru). 7Дней.ру (2016-yil 1-may). Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  9. „Милана Гогунская: клип дочери звезды "Универа" на песню "Малявка" набрал почти 2 млн просмотров за три недели“ (ru). BIMRU - новости о звездах (2017-yil 21-sentyabr). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  10. „1 сентября: Звезды отправили детей в школу“ (ru). 7Дней.ру (2017-yil 1-sentyabr). 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.
  11. „«Смелая девочка»: Милана Гогунская выступила перед многотысячным залом“ (ru). Рамблер/новости (2017-yil 20-dekabr). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-mart.