Michy Batshuayi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michy Batshuayi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michy Batshuayi-Atunga[1]
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1993-yil (1993-10-02) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Brussels, Belgiya
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fenerbahçe
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2005 RFC Evere
2005—2006 RUSA Schaarbeek
2006—2007 Brussels
2007—2008 Anderlecht
2008—2009 Brussels
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Standard Liège 97 (39)
2014—2016 Marseille 62 (29)
2016—2022 Chelsea 48 (8)
2018 → Borussia Dortmund (ijara) 10 (7)
2018—2019 → Valencia (ijara) 15 (1)
2019 → Crystal Palace (ijara) 11 (5)
2020—2021 → Crystal Palace (ijara) 18 (2)
2021—2022 → Beşiktaş (ijara) 33 (14)
2022- Fenerbahçe 5 (2)
Milliy terma jamoa
2012—2014 Belgiya U21 13 (7)
2015- Belgiya 47 (26)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-oktyabr uchun)

Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batshuayi Chelsea bilan

2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi[4]. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi[5]. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi[6]. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi[7]. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi[8]. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi[9].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michy Batshuayi-Atunga Belgiya tarkibida JCh −2018da

2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi[10]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[11][12]. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14][15]. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Standard LiejaBelgiya bayrogʻi Belgiya 2010-11 2 0 0 0 2 0
2011-12 23 6 2 2 8 1 33 9
2012-13 34 12 2 0 36 12
2013-14 38 21 1 0 10 2 49 23
Jami 97 39 5 2 18 3 120 44
Olympique de MarsellaFransiya bayrogʻi Fransiya 2014-15 26 9 2 1 28 10
2015-16 36 17 7 2 7 4 50 23
Jami 62 26 9 3 7 4 78 33
Chelsea F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2016-17 20 5 8 4 28 9
2017-18 12 2 9 6 4 2 25 10
Borussia DortmundOlmoniya bayrogʻi Germaniya 2017-18 10 7 0 0 4 2 14 9
Jami 10 7 0 0 4 2 14 9
Valencia C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2018-19 15 1 3 1 5 1 23 3
Jami 15 1 3 1 5 1 23 3
Crystal Palace F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2018-19 11 5 2 1 13 6
Chelsea F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2019-20 16 1 4 4 4 1 24 6
Jami 48 8 21 14 8 3 77 25
Crystal Palace F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2020-21 18 2 2 0 20 2
Jami 29 7 4 1 0 0 33 8
Beşiktaş J. K.Turkiya bayrogʻi Turkiya 2021-22 33 14 4 0 5 0 42 14
Jami 33 14 4 0 5 0 42 14
Fenerbahçe S. K.Turkiya bayrogʻi Turkiya 2022-23 5 2 0 0 5 3 10 5
Jami 5 2 0 0 5 3 10 5
Umumiy karyerasida 299 103 46 21 52 16 397 140
Musobaqa Jamoa Mamlakat Mavsum
Premer-liga Chelsea F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2017
Ispaniya kubogi Valencia C. F. Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2019
Turkiya Superkubogi Beşiktaş J. K. Turkiya bayrogʻi Turkiya 2021

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2017/18 Premier League clubs publish retained lists“. Premier League (8-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Belgium“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Michy Batshuayi“. Chelsea F.C.. 26-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  4. „«Челси» объявил о трансфере Батшуайи“ (ruscha). sports.ru (3-iyul 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2016-yil.
  5. „Челси VS. Вест Хэм Юнайтед 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  6. „Уотфорд VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (20-avgust 2016-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
  7. „Батшуайи оформил дубль“. 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2016-yil.
  8. „Челси VS. Сандерленд 5:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-may 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  9. „Атлетико Мадрид VS. Челси 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (27-sentabr 2017-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2017-yil.
  10. „Бельгия VS. Кипр 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-mart 2015-yil). 22-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  11. „Венгрия VS. Бельгия 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (2016—2006). 30-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  12. „Уэльс VS. Бельгия 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-yanvar 2016-yil). 29-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  13. „Бельгия VS. Тунис 5:2“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  14. „Англия VS. Бельгия 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (2018—2006). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  15. „Франция VS. Бельгия 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-oktabr 2018-yil). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.