Meteorologik xeylit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meteorologik xeylit — labning yalligʻlanishi bilan kechuvchi kasallik hisoblanib, kasallikning asosiy sababi turli xil meteorologik omillar (yuqori yoki quyi darajadagi namlik, havoning ifloslanishi, shamol, sovuq, quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. Kasallik yilning har xil fasllarida uchraydi, asosan, ochiq havoda yoki yuqori va quyi haroratli, oʻta quruq, changli havo sharoitida ishlovchilarda kuzatiladi. Kasallik erkaklarda uchraydi, sababi ayollar lablarini boʻyaydilar, shu sabab ularning lablarini boʻyoq meteorologik taʼsirlardan himoya etadi. Surunkali allergik dermatozlarda kuzatiladigan lab terisi va shilliq qavatining yalligʻlanish holatiga meteorologik xeylit deb ataladi. Kasallikning klinik shakllari 1984-yilda Mashkileyson A.L. tomonidan taklif etilgan tasnif orqali talqin etiladi. Bunga asosan xeylitlar birlamchi va simptomatik turlarga boʻlinadi. Birlamchi xeylitlarga boʻlinadi:

  • eksfoliativ,
  • glandulyar,
  • kontakt,
  • meteorologik,
  • aktinik
  • Mangonottini abroziv xeylitlari kiradi.

Simptomatik xeylitlar namoyandasi boʻlib quyidagilar kiradi:

  • atopik,
  • ekzematoz,
  • makroxeylit
  • mikotik xeylitlar hisoblanadi[1].

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meteorologik xeylitda, asosan, pastki lab jarohatlanadi. Lab qizil hoshiyacining barcha yuzasi giperemiyalanadi, yengil infiltratsiyalanadi, koʻpgina mayda kepaklar bilan qoplanadi, bemorlarni koʻpincha lab qurishi yoki „tirishishi“ bezovta qiladi. Kechishi surunkali, juda kam hollarda yomon jarohatga aylanadi, koʻproq rak oldi kasalligiga oʻtadi. Lab ichki sohalarida eroziyali oʻchoqlar kuzatiladi, ular koʻpincha yupqa serozli va qonli pardalar bilan qoplangan boʻladi. Kasallikni surunkali koʻrinishda kechishida esa lab qizil hoshiya qismi va lab terisi sohalari infiltrallangan, shishgan boʻlib, ular sathi serozli qobigʻlar va qipiqlar bilan qoplangan boʻladi, chuqur koʻrinishda boʻlgan yoriqlar kuzatiladi. Chuqur yoriqlar koʻpincha lab burchaklari sohalarida saqlanib, serozli-yiringli qobigʻlar bilan qoplangan boʻladi, kasallikning bunday koʻrinishi xuddi streptokokkli impetigo kasalligini eslatadi[2].

Etiopatogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning asosiy sabablari — yuqori yoki quyi harorat, havo namligining oʻta yuqori yoki past boʻlishi, intensiv insolyatsiya, shamol, xonaning changligi va boshqalar. Tashxisi. Kasallik allergik kontaktli xeylit va aktinik xeylitning quruq turiga oʻxshash kechadi. Kontaktli allergik xeylitda yuqori va pastki lab qizil hoshiyasi barobar jarohatlanib, jarohatning lab terisiga ham oʻtishi kuzatiladi[3].

Tashxis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiyosiy tashxisda anamnez katta ahamiyatga ega. Meteorologik xeylitda va aktinik xeylitning quruq turida anamnez hal qiluvchi rol oʻynaydi, sababi ikkala xeylitda kasallik sababi insolyatsiya boʻlishi mumkin. Aktinik xeylit koʻpincha qisqa muddatli insolyatsiyadan soʻng, sensibilizatsiya oqibatida vujudga keladi.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumkin qadar kasallik chaqiruvchi omilni yoʻqotish yoki kamaytirish zarur. Vitaminlardan B,, B6, B2, PP tayinlanadi. Lab qizil hoshiyasiga gigiyenik lab pomadasi surtiladi yoki nurdan himoyalovchi krem, mazlar qoʻllaniladi. Kuchli rivojlangan yalligʻlanishlarda 0,5 % li prednizolon malhami qoʻllaniladi. Kasallikni davolash antigistamin (fenkarol, suprastin, pipolfen, peritol, diazoli), giposensiblizatsilovchi (kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, natriy tiosulfat), vitamin (V2, V6, V12, V15), zarurat tugʻilganda esa sedativ (valeriana tabletkasi, pustirnik, kaliy brom, natriy brom, bromkamfora) va psixotrop dori vositalarini (andaksin, meprobamat, elenium, tazepam, seduksen) tavsiya etish bilan olib boriladi. Mahalliy oʻtkir yalligʻlanish bilan kechadigan holatalarda oʻchoqlarga 2 % li bariy kislotasi, 1 % li rezorsin eritmalari hoʻllab quritish maqsadida qoʻllaniladi. Soʻng esa oʻchoqlarga glyukokortikoid malhamlari yoki kremlarini (gidrokortizon, prednezalon, sinaflan, lorenden) surtish tavsiya etiladi. Infiltratsiya va giperkeratoz koʻrinishida kechadigan holatlarda esa 1-2 % li salitsilat kislotasi malhamlari soʻng esa glyukokortikoid malhamlari va kremlarini surtish belgilanadi[4].

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemor meteorologik taʼsiri kam boʻlgan ishga oʻtkaziladi, buning iloji boʻlmasa, labga gigiyenik pomada, yogʻlovchi krem va mazlar surtiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Acta Clin Croat. „DIFFERENTIAL DIAGNOSIS OF CHEILITIS – HOW TO CLASSIFY CHEILITIS?“. www.ncbi.nlm.nih.gov 342–351. National Library of Mwdicine (2018-yil 1-iyun). Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
  2. „Meteorological cheilitis“. mokvd.by. mokvd.by rasmiy sayiti. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
  3. „What Is Cheilitis?“. www.verywellhealth.co. Verywell hearth rasmiy sayiti (9-iyul 2022-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
  4. A.M.Mannonov, Q.N.Xaitov. Teri kasalliklari, 2010, Toshkent: IQTISOD-MOLIYA — 320-322 bet. ISBN 978-9943-13-601-4.