Mavlono Abulxayr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Abulxayr, Ahmad Saraxsiy (817–887 h.q./1414–1482 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Alsiher Navoiyga zamondosh. Hozirgi Turkmanistondagi Saraxs shahrida tugʻilgan. Bolaligidayoq Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan. Shayx Zayniddin Xavofiyning muridi. Kubraviylik tariqatining yirik namoyandasi.

Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan birga uning imomligida namoz oʻqiganini, shayx Qurʼonni “xoʻb va muassir” oʻqiganini qayd qiladi. Hirot shahrining sharqidagi Shoh Abulgʻays qabristonida dafn etilgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.