Mavlaviy Namangoniy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlaviy Namangoniy maqbarasi — bu yodgorlik Namangan shahrida saqlanib qolgan meʼmoriy obidalardan biri hisoblanadi. Bu meʼmoriy majmua XVII asrning ikkinchi yarmida yashagan Namanganlik shayx, olim va shoir Mavlaviy Mullaxoʻja Eshon xotirasi uchun barpo etilgan. Bu inshoat XIX asr boshlarida, aniqrogʻi 1806-yilda qurilgan. Kirish peshtoqida „hijriy 1221-yil“ deb yozilgan sana saqlanib qolgan. I.Azimov ushbu sana obidaning qurilgan sanasi deb qayd etib oʻtgan. Lekin tarixchi Y.Kosimov bu sanani birinchi taʼmirlanish sanasi ekanligini eʼtirof etib oʻtadi.