Matthew Stanford Robisonning qabri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matthew Stanford Robison yodgorligi ― Salt-Lake-City qabristonida joylashgan yodgorlikdir. 10-yoshli Matthew Stanford Robisonning otasi Ernest Robison tomonidan yaratilgan[1]. Matthew’ning ota-onasi uning qabrini quvonch va ilhom maskaniga aylantirishga qaror qilishdi[2]. Yodgorlikda nogironlar aravachasidan turib, chap qoʻlini osmonga koʻtargan bola tasvirlangan[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Stanford Robison 1988-yil 23-sentabrda Yuta shtatining Salt-Lake-City shahrida Ernest va Anneke Robison[2] oilasida nogiron boʻlib tugʻilgan. Shifokorlar ota-onasiga oʻgʻlining omon qolmasligini aytishgan[5]. Bolada tugʻilganda kislorod yetishmovchiligi aniqlangan edi, u koʻr va qisman falaj edi, ammo prognozlarga qaramasdan, u oʻn yil yashadi[1].

1993-yilda Robison oilasi nogironlarga asbob-uskunalar sotib olishda yordam berish uchun "Ability Found" (Qobiliyatlarni egallash) nomli notijorat tashkilotga asos soldi. Notijorat tashkilot miya yarim falaj, orqa miya umurtqa pogʻonasining yorilishi, tarqoq skleroz, insult, saraton va travma bilan kasallangan odamlarga yordam beradi[2]. Jamgʻarma bolaning yodgorlik haykali nusxalarini sotadi[6].

Matthew’ning otasi 2000-yilda oʻgʻliga haykal oʻrnatishga qaror qildi. Qabr ustidagi haykalda Matthew Stanford Robison nogironlar aravachasidan turib, osmonga choʻzilgani tasvirlangan. Yodgorlik yerdagi qiyinchiliklardan xoli boʻlgan bolani keyingi dunyoda tasvirlash uchun moʻljallangan[1].

Yodgorlikning orqa tomonidagi qabr toshi bitigida shunday deyilgan:

Xudoga yanada yaqinroq yuradigan va dunyoni oʻz kamtarligi bilan koʻtaradigan, sevgiga toʻla merosi bilan odamlarning qalbini ilhomlantirganlar xotirasiga, ular Xudoning yuzini koʻrish va quvonch bilan abadiy shifo topish uchun yana Xudoga qaytishadi.

Yodgorlik surati va nekrologning bir qismi Redditʼga joylashtirildi va ommaga tez tarqaldi. Dafn etilgan joy Yuta shtatidagi sayyohlik maskaniga aylandi, uni tomosha qilish bir nechta sayohat veb-saytlari orqali bron qilinishi mumkin[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Belletti, Paola. „Matthew: a disabled child who gave love and joy while alive and continues to do so from Heaven!“. Aleteia SAS (5-mart 2020-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Goldberg, Eleanor. „Tombstone That Dad Designed For Son Who Had Disabilities Captures Boy’s Tenacious Spirit“. Huffington Post (6-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  3. Chakrabarti, Suchandrika. „Dad commemorates young son who died in his sleep with heartbreakingly lovely statue“. Daily Mirror (26-avgust 2016-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  4. Hansol, Kim. „A Statue Made by a Mother and Dad for an 11 year-old son who has died in a wheelchair for the rest of his life“. Insight (3-may 2020-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  5. „Obituary: Matthew Stanford Robison“. Deseret News Publishing Company (23-fevral 1999-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  6. Stewart, Jessica. „Grieving Father Creates Touching Memorial for His Disabled Son“. My Modern Met (19-may 2017-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  7. Santoro, Alessia. „A Child's Tombstone Designed by His Dad Is Going Viral“. Group Nine Media Inc. (19-may 2017-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]