Matt Targett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matt Targett
Targett 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthew Robert Targett[1]
Tavallud sanasi 18-sentyabr 1995-yil (1995-09-18) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Eastleigh, Hampshire, Angliya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2013 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Southampton 43 (1)
2018Fulham (ijara) 18 (1)
2019—2022 Aston Villa 83 (2)
2022Newcastle United (ijara) 16 (0)
2022 Newcastle United 9 (0)
Milliy terma jamoa
2013

Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
2013—2014

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (0)
2014

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (1)
2015—2016

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Matthew Robert Targett (talaffuzi: Metyu Robert Target) (1995-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Matt Targett Premyer-liga vakili „Newcastle United“ futbol klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Targett „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan. Matt Targett 2015-yilda mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan. Matt Targett Shotlandiya va Angliya sharafini xalqaro oʻyinlarda yoshlar jamoasi safida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Southampton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyaning Hampshire shtatidagi Eastleigh shahrida tugʻilgan Targett sakkiz yoshida „Southampton“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[4]. Matt Targett keyinchalik, 2013-yil 24-sentyabrda klubning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan[5]. 2014-yilning 26-aprelida Matt Targett birinchi marta Premyer-liga doirasidagi „Everton“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba) „Southampton“ futbol klubi safida maydonga tushgan[6].

Matt Targett „Southampton“ futbol klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan[7].

2017-yilning 4-avgustida Targett „Southampton“ futbol klubi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolagan va klubdagi faoliyat muddatini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirgan[8].

Fulham (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 22-yanvarida Targett Chempionat vakili „Fulham“ futbol klubi safiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qoʻshilgan[9]. Matt Targett klub safidagi birinchi golini 10-fevral kuni „Bolton Wanderers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang oʻyinda) kiritgan[10].

Southampton klubiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 27-aprel kuni „Fulham“ futbol klubi safidagi soʻnggi oʻyinida Targett „Bournemouth“ futbol klubi bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda klub uchun yagona golini urgan[11].

Aston Villa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 1-iyulida Targett nomaʼlum toʻlov evaziga „Aston Villa“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[12].

2020—2021-yilgi mavsum oxirida Targett Premer-liganing barcha 38 oʻyinida asosiy jamoaning ilk tarkibida maydonga tushgan yagona oʻyinchisi boʻlgan va jamoadoshlari tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[13].

Newcastle United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 31-yanvarida Matt Targett 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida „Newcastle United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[14]. Ijara muddati tugagach, 2022-yil 8-iyun kuni Targett klub bilan 4 yilga moʻljallangan 15 million funt sterlinlik yangi shartnoma imzolagan[15][16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 29-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Southampton 2013—2014 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2014—2015 Premyer liga 6 0 2 0 4 0 12 0
2015—2016 Premyer liga 14 0 1 0 2 0 3 0 20 0
2016—2017 Premyer liga 5 0 0 0 1 0 2 0 8 0
2017—2018 Premyer liga 2 0 0 0 0 0 2 0
2018—2019 Premyer liga 16 1 2 0 3 0 21 1
Jami 43 1 5 0 10 0 5 0 63 1
Fulham (ijara) 2017—2018 Chempionat 18 1 3 0 21 1
Aston Villa 2019—2020 Premyer liga 28 1 0 0 4 1 32 2
2020—2021 Premyer liga 38 0 0 0 0 0 38 0
2021—2022 Premyer liga 17 1 1 0 1 0 19 1
Jami 83 2 1 0 5 1 0 0 89 3
Newcastle United (ijara) 2021—2022 Premyer liga 16 0 16 0
Newcastle United 2022—2023 Premyer liga 9 0 0 0 1 0 10 0
Jami 25 0 0 0 1 0 0 0 26 0
Jami 169 4 6 0 16 1 8 0 199 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
  2. „Matt Targett: Overview“. Premier League. Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
  3. „Southampton Player Profile Matt Targett“. southamptonfc.com. Southampton F.C. (1-aprel 2017-yil). 11-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2017-yil.
  4. „Matt Targett First Team Profile“. Southampton FC. 2016-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2016-yil.
  5. „Southampton 2–0 Bristol City“. BBC Sport (24-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
  6. Phillips, Owen. „Southampton 2–0 Everton“. BBC Sport (26-aprel 2014-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
  7. „SOUTHAMPTON FC | Matt Targett: Young Player of the Season award caps a memorable season“. Southampton F.C. (21-may 2015-yil). 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2016-yil.
  8. „Matt Targett signs new five-year deal at Southampton“. Sky Sports (4-avgust 2017-yil).
  9. „Fulham sign Saint's Targett on loan“. BBC Sport (22-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2018-yil.
  10. „Bolton 1–1 Fulham“. BBC Sport (10-fevral 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  11. Emons. „Southampton 3–3 AFC Bournemouth“. BBC Sport (27-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-iyul 2019-yil.
  12. „Transfer news: Matt Targett signs for Aston Villa“. Ason Villa F.C. (1-iyul 2019-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  13. „Martinez voted Supporters' Player of the Season“. Aston Villa Football Club. Qaraldi: 23-may 2021-yil.
  14. „Newcastle United sign Matt Targett on loan“. Newcastle United F.C. (31-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
  15. Club. „Matt Targett joins Newcastle United“. Aston Villa F.C.. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  16. „Magpies sign Targett on permanent deal“. Newcastle United F.C.. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.