Marty Jakubowski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marty Jakubowski
Statistikasi
Vazni
  • Lightweight
  • Light welterweight
  • Welterweight
Millati Amerikan
Tavalludi 17-avgust 1969-yil (1969-08-17) (54 yosh)
Whiting, Indiana, U. S.
Uslubi Orthodox

Marty Jakubowski (1969-yil 17-avgustda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional bokschi, u 1987-yildan 2000-yilgacha musobaqalarda faol ravishda qatnashib kelgan, 2004-yilda qisqa muddatga qaytib, 2005-yilda faoliyatini yakunlagan. 137 ta professional jangda u uch marta jahon chempioni unvonlari uchun kurashib kelgan. Bokschi 1995-yilda yengil vazn toifasida WBC unvonini, 1996-yilda yengil vazn toifasida WBO unvonini va 1997-yilda WBA super yengil vazn toifasida chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan edi[1].

Havaskor faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indiana shtatida yashovchi Jakubowski havaskorlik faoliyatini 9 yoshida boshlagan. Bokschi ikki karra Chikagodagi „Oltin qoʻlqop“ sovrindori va Chikago Park tumani chempioni boʻlganidan soʻng, Jakubowski oʻzining professional faoliyatini 17 yoshida havaskorlar rekordi bilan boshlaydi. Uning boksni 125 ta gʻalaba va 35 ta agʻlubiyat bilan boshlagan edi[2].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1992-yilda Julio Cesar Chavezga qarshi kechgan jangda o‘zining birinchi professional mag‘lubiyatini oltinchi raundda texnik nokaut (TKO) bilan qayd etgan edi. Magʻlubiyatga qaramay, Jakubowskiyning mashhurligi yanada oshadi. Bokschi oʻzi haqida „Chaves jangidan keyin Oʻrta Gʻarbdagi har bir promouter meni oʻz kartalarida koʻrsatishni xohlardi“[3] degan edi. U 1993-yilda Oʻrta Gʻarb boʻylab 35 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, Oʻrta Gʻarbning yengil vazn toifasida unvonga daʼvogarlik qilishga va uni himoya qilishga muvaffaq boʻlgan. Uning navbatdagi yirik gʻalabasi 1994-yilda Filadelfiyada Entoni Boylni magʻlub etishi edi, bir ovozdan qabul qilingan qarordan soʻng yengil vazn toifasida USBA unvonini qoʻlga kiritib gʻolib boʻldi[4].

1995-yilda u Migel Angel Gonsalesgaqarshi WBO chempionlik kamari uchun, 1996-yilda esa Artur Grigoryanni WBC yoʻnalishi boʻyicha yengil vazn toifasida chempionlik unvoni uchun kurashadi. U ushbu ikkala jangda ham yakdil qaror bilan magʻlub boʻlib qoladi, ammo ikki chempionlik jangi oʻrtasida mamlakat boʻylab gʻalaba qozonishda davom etadi. 1997-yilda u super yengil vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun kurashda Holid Rahilouga qarshi navbatdagi magʻlubiyatga uchradi. Faoliyatining oxiriga kelib, 1999-yilda Jakubowski toʻrtinchi raundda yana bir texnik nokautga uchragan ringda Julio Cesar Chavez bilan yana uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda Jakubowski oʻzining professional faoliyatiga ikki yil boʻlgandan keyin pichoqlanib ketiladi, keyin bu boʻlgan ish katta sarlavhalarga aylanadi. Xabarlarga koʻra, Waiting Parkida ikki raqib jinoiy guruh oʻrtasida ushlangan Jakubowskining oʻpkasi teshilgan va yiqilib tushgan. Bokschining oʻzi bu haqda shunday degan: „Orasida turganimni ko‘rib, yo‘ldan ketmoqchi bo‘ldim, lekin kimdir ichimga pichoq tiqib qoldi“, deb eslaydi Jakubowski. Kasalxonada o‘n kun yotib, baxtiga yana boksga qaytishga muvaffaq bo‘ldi[6].

2011-yilda Jakubowski Hammond sport shon-shuhrat zaliga kiritilib qoʻyilgan sportchidir[7].

Jakubowski hali ham rafiqasi va uch farzandi bilan istiqomat qiladi, Chikago janubidagi Knuckleheads Boxing Gym-da murabbiy boʻlib ishlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BoxRec - Marty Jakubowski“. boxrec.com. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  2. „Marty Jakubowski - BoxRec“ (en-GB). boxrec.com. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  3. „It's A Rare Challenge For Jakubowski (83-1)“ (en). tribunedigital-thecourant. Qaraldi: 2017-yil 25-may.[sayt ishlamaydi]
  4. „BoxRec - Marty Jakubowski“. boxrec.com. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  5. „BoxRec - Marty Jakubowski“. boxrec.com. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  6. „Another boxer is making a comeback Tuesday, but he's not...“ (en). tribunedigital-chicagotribune. Qaraldi: 2017-yil 25-may.
  7. Correspondent, Kerry Mitchell Times. „Clark alum Jakubowski going into Hammond Sports Hall of Fame“ (en). nwitimes.com. Qaraldi: 2017-yil 25-may.