Markaziy (stadion, Koʻlob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy (stadion, Koʻlob)
Toʻliq nomi Markaziy (stadion, Koʻlob)
Joyi Kulob, Tojikiston
Yuzasi Grass
Hajmi 20,000
Maydon egalari
Ravshan Kulob

Koʻlob markaziy oʻyingohi, yaʼni „Markaziy“ stadioni (toj. Varzishgohi „Markaziy“) — Tojikistonning Koʻlob shahridagi koʻp maqsadli stadion boʻlib, mamlakatning Xatlon viloyati hududida joylashgan. „Ravshan“ jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini stadionda oʻtkazadi.[1]

Stadion 1966-yilda Tojikiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi buyrugʻi bilan bir yil avval tuzilgan jamoaning uy oʻyinlari uchun qurilgan. Stadion qurilgach, „Paxtakor“ stadioni nomini oldi, keyinchalik stadion nomi oʻzgartirildi.

Stadion 20 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va stadionda futbol oʻyinlaridan tashqari boshqa sport turlari boʻyicha ham musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, shahar va mamlakatning asosiy bayramlari stadionda oʻtkaziladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Markaziy Soccerway saytida

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]