Mario Puzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


 

Mario Fransis Puzo (1920-yil 15-oktyabr – 2-iyul 1999-yil) amerikalik muallif va jurnalist bolgan. U Italiya-Amerika mafiyasi va Sitsiliya mafiyasi haqidagi jinoiy romanlari, xususan, “Cho‘qintirgan ota” (1969) romanlari bilan mashhur bo‘lgan. Keyinchalik uni Frensis Ford Koppola rejissyorligidagi kino trilogiyasida suratga olgan. U 1972-yilda 1-qismi va 1974-yilda 2-qismi uchun eng yaxshi tuzilgan ssenariy uchun Akademiya mukofotini oldi. Puzo shuningdek, 1978-yildagi Supermen filmi va uning 1980-yilgi davomi uchun original ssenariyni ham yozgan. Uning songgi "Oila"romani esa 2001-yilda vafotidan keyin ekranga chiqdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Puzo Nyu-York shahrining Avellino provinsiyasidagi Pietradefusi shahridagi italiyalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Puzo 12 yoshga tolganda, Nyu-York markaziy temir yolida ishlaydigan otasi Pilgrim davlat kasalxonasining shizofreniya shifoxonasiga topshirilib, rafiqasi Mariya 7 farzandini tarbiyalashga yolgiz qolib ketdi. U Ikkinchi jahon urushida Germaniyadagi AQSh armiyasi havo kuchlarida xizmat qilgan. Keyinroq Nyu-York shahar kollejini tamomlagan. Puzo Erika ismli nemis ayolga uylanib, 5 besh farzand kordi. Erika 1978-yilda 58 yoshida kokrak saratonidan vafot etgandan song uning hamshirasi Kerol Gino Puzoning hamrohiga aylandi.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yilda uning "Songgi Rojdestvo" nomli birinchi qissasi American Vanguard jurnalida chop etildi. Urushdan keyin u ozining birinchi kitobi "Qorongu arena" ni yozib, uni 1955-yilda nashr etilgan.

1960 yilda Bryus Jey Fridman Puzoni "Erkak, Erkaklar" kabi unvonlarga ega erkaklar pulpa jurnallari guruhiga muharrir yordamchisi sifatida yolladi. Mario Kleri taxallusi ostida Puzo True Action jurnali uchun Ikkinchi Jahon urushi sarguzashtlarini yozgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Puzo Nyu-Yorkdagi ozining uyida, 1999-yil 2-iyul kuni yurak hastaligidan vafot etdi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qora maydon (1955)
  • Omadli ziyoratchi (1965)
  • Devi Shouning yozgi qochqini (1966)
  • Munichga 6 ta qabr (1967)
  • Ahmoqlar oladi (1978)
  • Tortinchi K (1990)
  • Oxirgi Don (1996)
  • Omerta (2000)
  • Oila (2001)

Seriyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Choqintirilgan ota(1969)
  2. Sitsiliyalik (1984)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]