Mali i Lopës

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mali i Lopës
Joylashuvi Albaniya
Koordinatalar 41°27′56″N 20°14′15″E / 41.465638°N 20.237612°E / 41.465638; 20.237612 G OKoordinatalari: 41°27′56″N 20°14′15″E / 41.465638°N 20.237612°E / 41.465638; 20.237612 G O
Balandligi 2,012 m (6,601 ft)
Mezozoy

Mali i Lopes (soʻzma-soʻz'Sigir togʻi') — Albaniyaning sharqiy-markazida, Diber va Mat munitsipalitetlari chegarasida joylashgan togʻ. Uning eng baland choʻqqisi Maja e Dhoksit boʻib balandligi 2,012 m (6,601 ft) ga teng. Shimoldan Zalli i Bulqizës, sharqdan Zalli i Oqshtunit, janubdan Kaptina e Martaneshit, gʻarbdan Mat vodiysining yuqori adirlari bilan oʻralgan[1][2].

Geologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ asosan, magmatik togʻ jinslaridan va qisman mezozoy davrining yumshoq relyefli ohaktoshlaridan tashkil topgan. Shimoliy va shimoli-sharqiy yon bagʻirlari muzlik karlari (relyef shakli) bilan ajralib turadi. Ularning baʼzilari muzlik koʻllariga aylangan, jumladan, Liqeni i Zi va Sopa koʻllari mamlakat hududidagi eng yirik muz koʻllari hisoblanadi. Hudud oʻsimliklarga boy. Bu yerda eman, olxa, alp yaylovlarini uchratish mumkin. Bulqiza massivida xrom rudalarining muhim manbalari topilgan (Bulqizë, Bater va Theken konlari)[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Petrit Zili. „Martaneshi mes historisë, pasurisë dhe varfërisë“ (Albanian). Zëri i Popullit (2012-yil 3-aprel). Qaraldi: 2012-yil 17-aprel.
  2. Kabo, Mevlan. Gjeografia Fizike e Shqipërisë, 1.2, Tiranë: Qendra e Studimeve Gjeografike, 1991 — 592 bet. 
  3. Buda, Aleks. Fjalori Enciklopedik Shqiptar. Tiranë: Akademia e Shkencave e RPSSH, 1985 — 1248 bet.