Maksvell Jeyms Klerk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) -ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasipp yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—54) universitetlarida oʻqigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860—65), Kembrij (1871 y.dan) untlari prof. 1871 y.dan Kembrij unti qoshida oʻzi tashkil etgan Kavendish lab. direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika, mexanika, elastiklik nazariyasi va b.ga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar boʻyicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey gʻoyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning maʼlum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855—73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi toʻrtta differensial tenglama yotadi (q. Maksvell tenglamalari). Tenglamalarni tahlil etib, M. yorugʻlik elektromagnit toʻlqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. M.ning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil