Lyall Cameron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyall Cameron
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-oktyabr 2002-yil (2002-10-10) (21 yosh)
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dundee
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dundee
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019 Dundee 11 (1)
2020—2021Peterhead (ijara) 11 (3)
2021—2022Peterhead (ijara) 13 (0)
2022Montrose (ijara) 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 28-oktyabr uchun)

Lyall Cameron (talaffuzi: Lyall Kameron) (2002-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Lyall Cameron „Dundeefutbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018—2019-yilgi mavsumda oʻtkazilgan soʻnggi oʻyinda („St Mirren“ futbol klubiga qarshi oʻyinda) Lyall Cameron „Dundee“ futbol klubining asosiy jamoasida zaxira oʻrindigʻida qoldirildi[1]. Shundan soʻng, „Brechin City“ futbol klubi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Lyall Cameron asosiy jamoa safida maydonga tushib, oʻyindagi gʻalaba toʻpini raqib darvozasiga joylashtirdi. Bu gʻalaba bilan „Dundee“ futbol klubi Shotlandiya Liga kubogida oʻz oʻrnini mustahkamlashga erishdi. Shundan soʻng, Lyall Cameron „Raith Rovers“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda yana zaxiradan maydonga tushirildi[2].

2020-yilning oktyabr oyida Lyall Cameron „Dundee“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi va Lyall Cameron 2023-yilgacha klubda qoladigan boʻldi[3]. Ertasi kuni Lyall Cameron Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Peterhead“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[4][5]. Lyall Cameron „Peterhead“ futbol klubi uchun ilk oʻyinini Liga kubogi doirasida Shotlandiya Premyer-ligasi vakili „Dundee United“ futbol klubiga qarshi safarda oʻtkazdi[6]. Lyall Cameron oʻzining „Peterhead“ klubi uchun birinchi golini keyingi haftada „Clyde“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[7]. 2021-yil yanvar oyida Shotlandiyada COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani sababli SFA va SPFL tomonidan Birinchi Liga musobaqalari uch haftaga toʻxtatilganidan soʻng, Lyall Cameron „Dundee“ klubiga chaqirib olindi[8][9].

2021-yil iyun oyida Lyall Cameron yana „Peterhead“ klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[10].

2022-yilning 25-fevralida Lyall Cameron mavsum oxirigacha ijara asosida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Montrose“ futbol klubiga qoʻshildi[11]. Lyall Cameron klubdagi ilk golini safarda „Falkirk“ ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[12]. 2022-yilgi mavsum oxira Lyall Cameron „Dundee“ klubi safiga qaytdi[13].

9-iyul kuni Lyall Cameron Shotlandiya Liga kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan uchrashuvda „Dundee“ klubi uchun oʻzining birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi[14][15]. 30-avgust kuni Lyall Cameron „Falkirk“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻyinning eng yaxshi odami deb topildi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Dundee 2018—2019[17] Shotlandiya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2019—2020[18] Shotlandiya chempionati 1 0 1 0 1 0 0 0 3 0
2020—2021[19] 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2021—2022[20] Shotlandiya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2022—2023[21] Shotlandiya chempionati 9 1 0 0 6 3 1 1 16 5
Jami 11 1 1 0 7 3 1 1 20 5
Dundee 2021—2022 1 0 1 0
Peterhead (ijara) 2020—2021 Shotlandiya Birinchi ligasi 11 3 0 0 4 0 0 0 15 3
Peterhead (ijara) 2021—2022 Shotlandiya Birinchi ligasi 13 0 1 1 4 1 0 0 18 2
Montrose (ijara) 2021—2022 Shotlandiya Birinchi ligasi 9 1 2 0 11 1
Umumiy 44 5 2 1 15 4 4 1 65 11

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Roache. „Lyall Cameron winner helps Dundee warm up for sweltering Spain with win over Brechin“. thecourier.co.uk (1-iyul 2019-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  2. „Raith Rovers 0–3 Dundee“. BBC (13-iyul 2019-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  3. „Lyall signs new deal“. dundeefc.co.uk (5-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  4. „Lyall leaves on loan“. dundeefc.co.uk (6-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  5. Law. „Lyall Cameron out to stake his claim with Peterhead after loan switch from Dundee“. pressandjournal.co.uk (17-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  6. „Dundee United 0–1 Peterhead“. BBC (10-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  7. „Clyde v Peterhead“. BBC (31-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2020-yil.
  8. „Lower leagues in Scotland suspended for three weeks“. Sky Sports (11-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  9. „Lyall and Sam recalled“. dundeefc.co.uk (13-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  10. „Lyall and Josh join Peterhead on loan“. dundeefc.co.uk (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  11. Lorimer. „Montrose announce signing of 'outstanding' Dundee teen Lyall Cameron on loan“ (inglizcha). The Courier. Qaraldi: 25-fevral 2022-yil.
  12. „Falkirk v Montrose“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 2-aprel 2022-yil.
  13. „"LOANEES DEPART LINKS PARK WITH BEST WISHES" from @MontroseFC“ (inglizcha). Twitter. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  14. „Dundee v Hamilton Academical“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.
  15. „Dundee v Forfar Athletic“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
  16. „Dundee ease past Falkirk into League Cup last eight“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
  17. „Games Played by Lyall Cameron in 2018/2019“. Soccerbase. Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  18. „Games played by Lyall Cameron in 2019/20“. Soccerbase. Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  19. „Games Played by Lyall Cameron in 2020/2021“. Soccerbase. Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  20. „Games Played by Lyall Cameron in 2021/2022“. Soccerbase. Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  21. „Games played by Lyall Cameron in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.