Liya Golden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Liya Golden
Tavalludi 18-iyul 1934-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 6-dekabr 2010-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy unvoni professor

Liya Oliverovna (Lili) Golden (inglizcha: Lily Golden, 18-iyul 1934-yil, Toshkent – 6-dekabr 2010-yil, Moskva) – sovet va rus jamoat arbobi, irqchilikka qarshi kurashuvchi, afrikalik olim, tarix fanlari nomzodi, dunyoning koʻplab universitetlari professori, Chicago universitetining faxriy doktori. Rossiyalik jurnalist, televideniye va radio boshlovchisi Yelena Xangining onasi[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liya Golden 1934-yil 18-iyul Toshkent shahrida Oliver Golden va Lili Isaakovna Byalik oilasida tavallud topgan. Toshkentda musiqa maktabini tamomlagan, tennis bilan shugʻullangan va Oʻzbekiston terma jamoasi safida Butunittifoq musobaqalarida qatnashgan. U Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan va „Afrika musiqasi: tarixiy rivojlanish tendensiyalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1967)[2]. U Stalinning qizi Svetlana Alliluyeva bilan doʻst edi va unga SSSRdan koʻchib ketishni maslahat berdi. Liya 30 yildan ortiq vaqt davomida SSSR Fanlar akademiyasining Afrika tadqiqotlari institutida ishlagan. Rossiyadagi afrikaliklar tarixi va Afrika musiqasi boʻyicha kitoblar, shuningdek, yuzdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan.

Liya Goldenning faoliyati asosan dunyoning qora diasporasi, ayniqsa Rossiya, Yevropa va AQShni oʻrganish va himoya qilish bilan bogʻliq edi. U Qora tanli ayollar muammolari xalqaro instituti Oqsoqollar kengashi aʼzosi, dunyoning koʻplab universitetlarida professor va Chicago universitetining fan doktori boʻlgan.

Liya ikkita filmda epizodik rollarda oʻynagan: „Chorniy, kak ya“ (1969) va „Chornoye solnse“ (1970).

Golden 2010-yil 6-dekabrda moskvada vafot etgan va Moskvadagi Vagankovskiy qabristonining 38-boʻlimiga, onasining yoniga koʻmilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Голден, Лия Оливеровна“ (ruscha). Кино-Театр.Ру. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
  2. |, Елена ЧИНКОВА. „Телеведущая «КП» Елена Ханга: «Как бежать из СССР, Светлане Аллилуевой подсказала моя мама»“ (ru). kp.ru - (2011-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.