Leyden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leyden — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Jan. Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). L. yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qad. markazi. Mashina-sozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1575), universitet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va b. bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 9-a.

da qayd etilgan. 12— 18-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil