Lewis Stevenson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lewis Stevenson
Stevenson "Hibernian" klubi bilan 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lewis Stevenson
Tavallud sanasi 5-yanvar 1988-yil (1988-01-05) (36 yosh)
Tavallud joyi Kirkcaldy, Shotlandiya
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hibernian
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2006 Hibernian
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Hibernian 436 (5)
Milliy terma jamoa
2006—2007

Shotlandiyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
3 (0)
2007—2008

Shotlandiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
8 (0)
2018 Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 10-oktyabr 19:12 (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 10-oktyabr 19:12 (utc) uchun)

Lewis Stevenson (talaffuzi: Lyuis Stivenson) (1988-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Lewis Stevenson Shotlandiya Premer-ligasining „Hibernian“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Lewis Stevenson hozirda „Hibernian“ klubi safida eng koʻp oʻynagan futbolchi hisoblanadi (2005-yilning sentyabridan buyon)[1][2]. Lewis Stevenson 2018-yilning may oyida Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi safida birinchi marta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Stevenson oʻzi tugʻilib oʻsgan Kirkcaldy shahridagi Balwearie oʻrta maktabida oʻqigan. Lewis Stevenson 14 yoshida[3] „Hibernian“ klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[4]. Lewis Stevenson „Hibernian“ futbol klubi safida 2005-yil sentyabr oyida „Ayr United“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Lewis Stevenson John Collins qoʻl ostidagi „ Hibernian“ klubining asosiy tarkibida doimiy oʻyinchiga aylandi[5].

Lewis Stevenson klubdagi ilk golini 2011-yil 26-fevralda „Inverness CT“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[6].

Lewis Stevenson 2011—2012-yilgi mavsumda „Hibernian“ klubining asosiy tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda qatnashdi va „yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi[7]. Lewis Stevensonning 2011—2012-yil mavsumidagi oʻyinlari uning shartnomasi avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishini anglatardi[8].

2013-yil dekabr oyida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 200-uchrashuvini qayd etdi[9]. Bu vaqtda klub murabbiyi Terry Butcher Lewis Stevensonni chap yarim himoyachi sifatida maydonga tushira boshladi[10]. Bu oʻzgarish oʻzining natijasini berdi. Shundan soʻng, Lewis Stevenson „Kilmarnock“ klubiga qarshi oʻyinda faoliyatidagi ikkinchi golini urdi, keyin esa „Hearts“ klubiga qarshi oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi[10].

Lewis Stevenson 2014—2015-yilgi Shotlandiya kubogining beshinchi bosqichida klub uchun 250-uchrashuvini oʻtkazdi va 1885-yildan beri shuncha koʻp oʻyin oʻtkazgan 60-oʻyinchi boʻldi[11].

2015-yilgi mavsumda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. Lewis Stevenson 2015—2016-yilgi Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritgan „Hibernian“ jamoasining aʼzosi edi. Final oʻyinida „Hibernian“ klubi „Rangers“ klubini 3:2 hisobida magʻlub etdi[13]. Bu natija bilan Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan Shotlandiya milliy kubogi musobaqalarida gʻolib chiqqan birinchi futbolchiga aylandi[14][15]. Lewis Stevenson 2017-yilning may oyida „Hibanian“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[16].

2018-yilning noyabrida Lewis Stevensonning klub bilan shartnomasi 2020—2021-yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirildi[17]. Lewis Stevenson 2018—2019-yillarda „Hibernian“ klubi tarafdorlari assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan va oʻtmishda Lewis Stevenson ikki marta „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topilgan va 2014-yilda Assotsiatsiya tomonidan maxsus eʼtirof mukofotiga sazovor boʻlgan[18]. 2021-yil 11-yanvarda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 500-uchrashuvini oʻtkazdi[19]. 2021-yilning yanvarida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan 2022-yilning yozigacha amal qilishi kerak boʻlgan yangi shartnomani kelishib oldi[20].

2021-yilning noyabrida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan shartnomasini 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga rozi boʻldi[21].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubugi Liga kubugi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hibernian 2005—2006[22] Shotlandiya Premer-ligasi 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2006—2007[23] Shotlandiya Premer-ligasi 16 0 6 0 2 0 1 0 25 0
2007—2008[24] Shotlandiya Premer-ligasi 21 0 0 0 2 0 23 0
2008—2009[25] Shotlandiya Premer-ligasi 29 0 1 0 1 0 1 0 32 0
2009—2010[26] Shotlandiya Premer-ligasi 10 0 2 0 1 0 13 0
2010—2011[27] Shotlandiya Premer-ligasi 19 1 0 0 0 0 0 0 19 1
2011—2012[28] Shotlandiya Premer-ligasi 29 0 4 0 1 0 34 0
2012—2013[29] Shotlandiya Premer-ligasi 29 0 4 0 0 0 33 0
2013—2014[30] Shotlandiya Premer-ligasi 35 1 2 0 2 0 4 0 43 1
2014—2015[31] Shotlandiya chempionati 35 2 4 1 2 0 3 0 44 3
2015—2016[32] Shotlandiya chempionati 35 0 7 0 6 1 5 0 53 1
2016—2017[33] Shotlandiya chempionati 34 0 5 1 1 0 2 0 42 1
2017—2018[34] Shotlandiya Premer-ligasi 35 1 1 0 7 0 43 1
2018—2019[35] Shotlandiya Premer-ligasi 34 0 2 0 2 0 6 1 44 1
2019—2020[36] Shotlandiya Premer-ligasi 27 0 4 0 3 0 34 0
2020—2021[37] Shotlandiya Premer-ligasi 22 0 3 0 3 0 28 0
2021—2022[38] Shotlandiya Premer-ligasi 23 0 4 0 4 0 2 0 32 0
2022—2023[39] Shotlandiya Premer-ligasi 3 0 0 0 3 0 0 0 6 0
Jami 436 5 49 2 41 1 24 1 550 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Berry, Gavin. „Hibs star Lewis Stevenson admits he wouldn't make the Famous Five but cherishes being only Hibee to lift League Cup and Scottish Cup“. Daily Record (26-may 2016-yil). Qaraldi: 11-iyun 2016-yil.
  2. Gordon, Moira. „Lewis Stevenson is first Hibs player ever to win both cups“. Scotland on Sunday (22-may 2016-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
  3. „Hibs star Lewis Stevenson: We may be Scottish Cup finalists but SPL survival is our main aim“. Daily Record (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
  4. Temple, Alan. „David Gray has sights set appearance at Hampden since school with Hibs“. The Herald. Herald & Times Group (7-mart 2015-yil). Qaraldi: 7-mart 2015-yil.
  5. Lindsay. „Kilmarnock 1–5 Hibernian“. BBC Sport (18-mart 2007-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
  6. Hannan, Martin. „Hibernian 2 – 0 Inverness CT: Hibs tap in to secret of booth“. Scotland on Sunday (27-fevral 2011-yil). Qaraldi: 27-fevral 2011-yil.
  7. „Precious points mean prizes to Hibs' Lewis Stevenson“. Edinburgh Evening News. Johnston Press (27-mart 2012-yil). Qaraldi: 8-aprel 2012-yil.
  8. „Stevenson Extends Stay“. hibernianfc.co.uk. Hibernian FC (20-aprel 2012-yil). Qaraldi: 20-aprel 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
  9. „Hibernian midfielder Lewis Stevenson rues 'terrible' goal record“. Daily Record (11-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
  10. 10,0 10,1 Brown, Anthony. „Ian Murray: Why Hibs can rely on Lewis Stevenson“. Edinburgh Evening News. Johnston Publishing (8-yanvar 2014-yil). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
  11. Wilson. „Rangers 0–2 Hibernian“. BBC Sport (13-fevral 2015-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2015-yil.
  12. „Stevenson extends Hibernian stay“. spfl.co.uk. Scottish Professional Football League (4-iyun 2015-yil). 2016-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2015-yil.
  13. „Scottish Cup final: Rangers 2-3 Hibernian“. BBC Sport (21-may 2016-yil). Qaraldi: 21-may 2016-yil.
  14. Berry, Gavin. „Hibs star Lewis Stevenson admits he wouldn't make the Famous Five but cherishes being only Hibee to lift League Cup and Scottish Cup“. Daily Record (26-may 2016-yil). Qaraldi: 11-iyun 2016-yil.
  15. Gordon, Moira. „Lewis Stevenson is first Hibs player ever to win both cups“. Scotland on Sunday (22-may 2016-yil). Qaraldi: 23-may 2016-yil.
  16. „Five Renew Contracts For Next Season“. Hibernian FC (9-may 2017-yil). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2017-yil.
  17. „Lewis Stevenson: Hibernian full-back extends contract until 2021“. BBC Sport (8-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
  18. „CONGRATULATIONS LEWIS STEVENSON“. Hibs Supporters'Association (8-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
  19. McPartlin, Patrick. „Lewis Stevenson speaks on 500 appearances for Hibs and 'strange' Celtic build-up“. Edinburgh Evening News (11-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2021-yil.
  20. „Lewis Stevenson agrees new contract“. Hibernian FC (15-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2021-yil.
  21. „Contract Extension For Lewis Stevenson!“. hibernianfc.co.uk (17-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  22. „Games played by Lewis Stevenson in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm.
  23. „Games played by Lewis Stevenson in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm.
  24. „Games played by Lewis Stevenson in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm.
  25. „Games played by Lewis Stevenson in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm.
  26. „Games played by Lewis Stevenson in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm.
  27. „Games played by Lewis Stevenson in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm.
  28. „Games played by Lewis Stevenson in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm.
  29. „Games played by Lewis Stevenson in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm.
  30. „Games played by Lewis Stevenson in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm.
  31. „Games played by Lewis Stevenson in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm.
  32. „Games played by Lewis Stevenson in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm.
  33. „Games played by Lewis Stevenson in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm.
  34. „Games played by Lewis Stevenson in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm.
  35. „Games played by Lewis Stevenson in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm.
  36. „Games played by Lewis Stevenson in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm.
  37. „Games played by Lewis Stevenson in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  38. „Games played by Lewis Stevenson in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
  39. „Games played by Lewis Stevenson in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.