Lance Bouma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lance Bouma
Tugʻilgan joyi 25-mart 1990-yil (1990-03-25) (34 yosh)
Provost, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 210 lb (95 kg; 15 st 0 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
SHL
Sobiq jamoalar
Malmö Redhawks
Calgary Flames
Chicago Blackhawks
Genève-Servette HC
IK Oskarshamn
NHLga kirish drafti 78-oʻrindagi tanlov, 2008
Calgary Flames
Jamoalardagi faoliyat 2010—hozirgacha

Lance Gordon Bouma (talaffuzi: Lens Jordon Bouma) (1990-yil 25-martda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Lance Bouma hozirda Shvetsiya xokkey ligasining (SHL) „Malmö Redhawks“ xokkey jamoasi bilan oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lance Bouma 2005-yilda Gʻarbiy xokkey ligasi (WHL) Bantam loyihasida „Vancouver Giants“ xokkey klubi safiga qabul qilindi[1]. Lance Bouma 2005—2006-yilgi mavsumning koʻp qismini Rural Alberta Midget xokkey ligasida xokkey oʻynab oʻtkazdi[2]. Lance Bouma WHLning 2006—2007-yilgi mavsumida „Vancouver Giants“ xokkey klubining doimiy aʼzosiga aylandi. Lance Bouma jamoa safida Kanada xokkey ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi[3].

2007—2008-yilgi mavsumda Lance Bouma „Vancouver Giants“ xokkey klubi safida 71 ta oʻyinda maydonga tushdi. Lance Bouma 2008-yilgi NHL kirish loyihasining uchinchi raundida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 78-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[4].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilgi WHL pley-off oʻyinlarida Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Abbotsford Heat“ xokkey jamoasi safida beshta pley-off oʻyinida maydonga tushdi[5]. Lance Bouma AHL pley-off bosqichining ikkinchi bosqichida „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda bitta gol urishga muvaffaq boʻldi[6].

2011-yil 3-fevralda Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubi tomonidan birinchi marta NHLga chaqirib olindi[7]. Lance Bouma NHLdagi ilk oʻyinini klub safida „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[8].

2014—2015-yilgi mavsumdan soʻng, Lance Bouma NHL jamoaviy kelishuviga binoan cheklangan erkin agentga aylandi. „Calgary Flames“ klubi unga NHL huquqlarini saqlab qolish uchun saralash taklifini berdi. Shundan soʻng, 2015-yil 5-iyulda Bouma ish haqi arbitrajiga ariza berdi[9].

2017-yil 30-iyun Lance Bouma „Calgary Flames“ xokkey klubini tark etdi[10]. 2017-yilning 1-iyulida Lance Bouma „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[11].

2018-yil 15-avgustda Bouma NHLdagi yetti mavsumidan so‘ng, Shimoliy Amerikani tark etib, Milliy liga (NL) vakili „Genève-Servette HC“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lance Bouma oʻzining oʻrta maktabda birga oʻqigan sinfdosh qizi Penelopa bilan turmush qurgan va ularning Tristan, Olivia va Beau ismli uchta farzandi bor.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2005—2006 Vancouver Giants WHL 5 1 3 4 0
2006—2007 Vancouver Giants WHL 49 3 5 8 31 22 3 3 6 12
2007—2008 Vancouver Giants WHL 71 12 23 35 93 10 0 1 1 8
2008—2009 Vancouver Giants WHL 48 9 16 25 116 17 7 5 12 30
2009—2010 Vancouver Giants WHL 57 14 29 43 134 16 4 13 17 47
2009—2010 Abbotsford Heat AHL 5 1 0 1 2
2010—2011 Abbotsford Heat AHL 61 12 8 20 53
2010—2011 Calgary Flames NHL 16 0 1 1 2
2011—2012 Abbotsford Heat AHL 31 3 3 6 53
2011—2012 Calgary Flames NHL 26 1 2 3 11
2012—2013 Abbotsford Heat AHL 3 1 0 1 2
2013—2014 Calgary Flames NHL 78 5 10 15 41
2014—2015 Calgary Flames NHL 78 16 18 34 54 2 0 0 0 2
2015—2016 Calgary Flames NHL 44 2 5 7 31
2016—2017 Calgary Flames NHL 61 3 4 7 35 3 0 0 0 2
2017—2018 Chicago Blackhawks NHL 53 3 6 9 36
2017—2018 Rockford IceHogs AHL 20 7 7 14 10 13 1 1 2 12
2018—2019 Genève-Servette HC NL 3 0 2 2 2
2019—2020 Ontario Reign AHL 57 10 10 20 63
2020—2021 IK Oskarshamn SHL 21 6 7 13 47
2021—2022 Malmö Redhawks SHL 51 9 15 24 45
NHL jami 357 30 46 76 210 5 0 0 0 4
SHL jami 72 15 22 37 92

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2009–10 WHL Guide Flett, Cory: . Western Hockey League — 140 bet. 
  2. „Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
  3. „2007 Memorial Cup History“. Canadian Hockey League. 2011-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
  4. „Draft notebook“. Victoria Times-Columnist (2008-yil 22-iyun). 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
  5. „Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral. „Lance Bouma player card“. Calgary Flames Hockey Club. Retrieved February 4, 2011.
  6. Gaffar. „The Heat win in the valley“. News1130 (2010-yil 7-may). 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
  7. Tucker. „"A dream come true" for Abbotsford Heat's Lance Bouma“. Abbotsford Times (2011-yil 4-fevral). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
  8. Cruickshank. „Bouma finds debut memories last a lifetime“. Calgary Herald (2011-yil 6-fevral). Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
  9. „Deadline of player filed salary arbitration today“. flamesnation.com (2015-yil 5-iyul). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyul.
  10. „Bouma, Murphy placed on waivers“. Calgary Flames (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  11. „Blackhawks sign Bouma, Berube to contracts“. NBC Chicago (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  12. „GSHC signs it two foreign attackers“ (French). Genève-Servette HC (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.