Lalruatthara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lalruatthara
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lalruatthara
Tavallud sanasi 17-yanvar 1995-yil (1995-01-17) (29 yosh)
Tavallud joyi Mizoram, Hindiston
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Odisha FC
Raqami 39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010-2012 Chandigarh Football Academy
2012-2013 Luangmual
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2015 Chanmari
2015-2017 Aizawl 34 (1)
2016Delhi Dynamos 0 (0)
2017-2021 Kerala Blasters 38 (0)
2021- Odisha 7 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Hindiston U23 2 (0)
2018- Hindiston bayrogʻi Hindiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 21-fevral uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 28-may uchun)

Lalruatthara (talaffuzi: Lalruatzara) (1995-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining „Odisha“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mizoramda tugʻilgan Lalruatthara 2009-yilda Chandigarh futbol akademiyasi sinovlarida qatnashdi.[1] Tez orada uni nomaʼlum sabablarga koʻra akademiyadan rad etishdi[1]. Tez orada Lalruatthara Mizoram Premer-ligasi Chanmari bilan katta shartnoma imzolashdan oldin Luangmual yoshlar jamoasiga qoʻshildi[1]. Lalruatthara 2013-14-yilgi Premer-ligada gʻolib chiqqan Chanmari jamoasining bir qismi, keyin esa 2014-yilda Santosh Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan Mizoram jamoasining atrkibida boʻldi[1].

Aizawl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lalruattara 2015-16-yilgi mavsum oldidan I-liganing yangi koʻtarilgan Aizawl bilan Chanmaridan shartnoma imzoladi[2]. Lalruatthara jamoadagi debyutini 2016-yilning 9-yanvarida Mohun Baganga qarshi oʻtkazdi. Lalruatthara oʻyinni toʻliq oʻtkazdi, ammo bitta sariq kartochkaga ega boʻldi. Uchrashuvda Aizawl 3:1 hisobida magʻlub boʻldi[3].

U klubdagi ilk golini 2017-yilning 17-yanvarida Shillong Lajongga qarshi oʻyinda kiritgan. Uning 32-daqiqada kiritgan goli 2:1 hisobidagi g‘alabaga sabab bo‘ldi[4]. Tez orada Lalruatthara 2016-17 yilgi I-ligada gʻolib chiqqan Aizawl jamoasining bir qismi boʻldi[5].

Dehli Dynamos (ijaraga)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 18-sentyabrda Lalruattara Hindiston Superligasi vakili Dehli Dynamos bilan ijaraga olingani eʼlon qilindi[6].

Kerala Blasters[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 23-iyul kuni Lalruattara Hindiston Superligasining 2017-18-yilgi mavsumi uchun Kerala Blasters tomonidan 2017-18 ISL oʻyinchilar loyihasining toʻrtinchi bosqichida tanlandi[7]. Lalruatthara klubdagi debyutini 2017-yilning 17-noyabrida ATKga qarshi oʻtkazdi. Lalruatthara oʻyinni boshladi va Kerala Blastersga 0:0 hisobida durang oʻynashga yordam berdi. Lalurathara Hindiston Superligasining 2017-18-yilgi mavsumida Hindiston Superligasining rivojlanayotgan oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.[8] Mavsumdan soʻng Lalruatthara Blasters bilan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirdi[9]. 2018-19-yilgi Hindiston Superligasi mavsumida Lalruatthara „Blasterlar“ safida jami 12 oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsumda Lalruatthara jarohat oldi. Lalruatthara mavsum davomida „Blasterlar“ safida jami 3 ta oʻyin oʻtkaza oldi[10].

Odisha[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 8-iyun kuni Lalruattaraning Hindiston Superligasi vakili Odisha jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[11].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Hindiston terma jamoasi safida 2018-yilning 27-mart kuni Osiyo Kubogi 2019 saralash bosqichi doirasida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2017-yil iyul oyida Lalruatthara Hindiston U-23 terma jamoasining 2018-yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 2-sentabr holati[12]
Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqaviy Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Aizawl 2015-2016 I-liga 16 0 16 0
2016-2017 11 1 11 1
Aizawl jami 27 1 0 0 0 0 27 1
Dehli Dinamos (ijara) 2016-yil ISL 0 0 0 0
Kerala Blasters 2017–2018 17 0 1 0 17 0
2018–2019 12 0 0 0 12 0
2019–2020 3 0 0 0 3 0
2020–2021 1 0 0 0 1 0
Kerala Blasters 33 1 0 0 0 0 33 0
Karyera jami 60 1 1 0 0 0 60 1

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston

  • Qitʼalararo kubok: 2018-yil

Aizawl FC

  • I-liga: 2016-17

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Hariprasad, A. „Blasters’ young gun Lalruatthara dreams of donning India colors“. Manorama Online (2017-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  2. „Daniel and Lalruatthara Sign“. Aizawl Football Club (Facebook).
  3. „Mohun Bagan 3-1 Aizawl“. Soccerway.
  4. „Aizawl 2-1 Shillong Lajong“. Soccerway.
  5. „I-League champions Aizawl set to lose 4 players as big clubs circle“ (2017-yil 23-may). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  6. „Indian Super League 2016: Delhi Dynamos Make Late Additions To Squad, Rope In Lalruatthara And Badara Badji“. Goal.com (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  7. „ISL 2017 player draft, as it happened: ATK, Jamshedpur FC and Pune strike big“. The Field (2017-yil 23-iyul). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  8. „ISL Emerging Player of the Year winners: How have they fared? | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  9. „ISL 2017-18: Lalruatthara set to extend for three years with Kerala Blasters | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  10. „ISL 2019-20: Injury-hit Kerala Blasters need Indian players to step up | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  11. „ISL - Lalruatthara Puts His Pen On Papers For Odisha FC“ (en-US). IFTWC. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  12. Lalruatthara Soccerway saytida

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]