Lòdilar sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lo'dilar sulolasi. Sulton Baxlul (1451-1489) lo'dilar sulolasiga asos soldi. Qariyb 40 yil hukm surgan Baxlul saltanat hududini kengaytirish maqsadida tinmay urushlar olib bordi. Uning eng xavfli dushmani bo'lmish Jaunpur xoni 1479 yilda tor- mor etildi. Baxlulning o'g'li Iskandarshoh (1489-1517 yy.) o'z noiblari va vassal xonlarni qattiq nazorat ostiga oldi, shu boisdan ayg'oqchilar sonini ko'paytirdi. Iskandarning onasi garchi hindu oilasidan bo'lsada, o'zi sunniy mazhabiga mansubligi bois hindularga nisbatan zug'um o'tkazdi, ehromlarni vayron qildi, hindu haykallarini chil-parchin qildi. Uning o'g'li Ibrohim (1517-1526 yy.) saltanatning avvalgi qudratini tiklashga, feodallaming o'zboshimchaligini jilovlashga intildi. U Malva va Gvaluporga yurishlar uyushtirdi. Ammo uning g'oyat zolimligi hamda afg'on lashkarboshilari kuchini sindirishga urinishlari ko'plab isyonlarni keltirib chiqardi. Oxir oqibatda feodallardan ba'zilari sulton jabr-zulmdan xalos etishni so'rab Qobul hokimi Zahriddin Muhammad Boburga murojaat qildilar. G'aroyib va ajoyib Hindiston o'lkasini qo'lga kiritishni niyat qilgan Bobur 1526 yili Dehli yaqinidagi mashhur Panipat maydonidagi jangda Ibrohim Ludiy qo'shinlarini yengadi. Natija ikki yuz yildan ziyod Hindistonni idora qilgan boburiylar sulolasiga asos solindi.

Manba.[1]

  1. t.f.d., prof. Giyosov Temur G'iyosovich s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich t.f.n. Abdullayev Ulug'bek Artikbayevich Qodirov Zikrilloxon Musaxonovich.