Kurdiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kurdiston — Gʻarbiy Osiyodagi togʻli oʻlka, tarixiy viloyat. K.ning aksar qismi Old Osiyo va Eron togʻliklarida joylashgan. K.ning aniq, chegarasi boʻlmaganligidan bu nom faqat etnografik maʼnoda ishlatiladi. Aholisi, asosan, kurdlar; turk, arab, aysor va b. ham yashaydi. Aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan. K.da foydali qazilmalar, xususan, neft koʻp. K. haqidagi dastlabki maʼlumotlar 12-a. manbalarida uchraydi. Oʻrta ayerdarda K.da yarim mustaqil amirliklar mavjud edi. 1914 y.da K. Eron bilan Usmonli turk saltanati tarkibiga kiritildi. U ham barham topgach (1918), vujudga kelgan Turkiya, Iroq va Suriya davlatlari tarkibiga kiritildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil