Kuk Jeyms

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KUK (Cook) Jeyms (1728.27.10, Marton, Yorkshir grafligi — 1779.14. 2, Ganayi orollari) — ingliz dengizchi sayyohi. 1768—71 y.larda "Indevor" ke-masida dunyo aylana ekspeditsiyaga rah-barlik qilgan. Britaniya admiralligi tomonidan tashqil etilgan ushbu eks-peditsiyaning maqsadi Tinch okeanda yangi yerdarni egʻallash edi. Kema Plimut sh.dan safarga chiqib, Gorn bur-nini aylanib oʻtgach, Taiti o.ga yetib bordi. 1769 y.da uning shim.-gʻarbidagi yondosh orollarni Jamiyat o.lari degan umumiy nom bilan haritaga tushirdi. 1769—70 y.larda Yangi Zelandiya qir-gʻoklarini aylanib oʻtib, uning orollardan iborat ekanligini aniq-ladi. Katta Toʻsiq rifi va Avstrali-yaning sharqiy so-hillarini tadqiq qiddi. Torres boʻgʻo-zi orqali K. Yaxshi Umid burnini aylanib, 1771 y.da Angliyaga qaytdi.

Antarktida materigini topish va Yangi Zelandiya va b. orollarni oʻrganish maqsadida uyushtirilgan dunyo aylana 2-sayohatida (1772— 75) K. "Rezolyushen" kemasida suzib 1773 y. tarixda ilk bor Jan. qutbiy doirani (40° shq.u.) kesib oʻtdi va 66° 36’j. k.gacha yetib bordi. Ikkinchi sayoh-ati davomida Tuamotu arxipelagidagi 2 atoll, Kuk o.lari guruhidagi Pal-merston o. va Xervi atolli, Yangi Gebrid o.lari, Yangi Kaledoniya va Nor-folk o.ni (1774), Atlantika okeani jan.dagi Jan. Georgiya va Jan. Sandvich o.larini (1775) topib, yevropaliklarga maʼlum qildi.

K. 1776 y.da "Rezolyushen" va "Diskoveri" kemalariga ekspeditsiya boshligʻi qilib tayinlandi. 1777 y.da Kuk o.laridagi 3 atollni, Tubuai va Rojdestvo o.larini, 1770 y.da Ganayi o.larini tavsifladi, Amerikaning shim.-gʻarbiy sohillarini oʻrgandi va qis-man haritaga tushirdi. 1779 y.da Ganayi o.da mahalliy aholi tomonidan oʻldirildi. 20 dan ortiq geografik obʼyekt lar K. nomiga qoʻyilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Pervoye krugosvetnoye plananiye Dj. Kuka..., M., 1960;
  • Vtoroye krugosvetnoye plananiye kapitana Dj. Kuka..., 1964;
  • Tretye plananiye kapitana Dj. Kuka..., M., 1971.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Svet Ya. M.., Istoriya otkritiya i issledonaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.