Konstantin Kuchayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Kuchayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Vitalyevich Kuchayev
Tavallud sanasi 18-mart 1998-yil (1998-03-18) (26 yosh)
Tavallud joyi Ryazan, Russia
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
CSKA Moscow
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009–2012 Ryazansky Rayon Ryazan
2012–2015 UOR-5 Yegoryevsk
2015–2017 CSKA Moscow

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 12-noyabr uchun)

Konstantin Vitalyevich Kuchayev (ruscha: Константин Витальевич Кучаев 1998-yil 18-martda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning CSKA klubida o'ng qanot yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

CSKA Moskva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuchayev oʻz faoliyatini 8 yoshida ona shahri Ryazandagi futbol maktabida boshlagan. Olti yil o'tgach, u Master-Saturn Yegoryevskga qo'shilgan va 2012-yilda Moskva viloyatiga ko'chib o'tgan[1]. U yerda oʻynab yurgan vaqtida Kuchayev CSKAning moskvalik skauti Andrey Movsisyan koʻrib qolgan va 2015-yilda klubga qo'shilgan[2].

Kuchayev 2017-yilning 2-aprelida Rossiya Premer-ligasi doirasidagi “ Kriliya Sovetov Samara ”ga qarshi oʻyinda (2:1) CSKA safida debyut qilgan[3]. Keyingi mavsumda jamoada o'zini ko'rsatib, 2017-yil 27-sentabrda Kuchayev klubdagi ilk golini urgan va UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Manchester United" ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan CSKAning yagona goliga zaxiradan maydonga tushib mualliflik qilgan[4].

2017-yilning 6-may kuni Kuchayev oʻz maydonida Tulaning “Arsenal” klubiga qarshi oʻyinda (6:0) chap tizzasining xochli bogʻlamini lat yeb jarohat olgan va bu 6 oyga safdan chiqishiga sabab bo'lgan[5]. U 2018/19-yilgi mavsumning birinchi yarmini o'tkazib yubordi va 23-noyabr kuni Axmat Grozniyga qarshi safarda 2:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan maydonga tushgan[6]. Kuchayev, shuningdek, 2019-yilning fevralida olgan menisk jarohati tufayli oʻsha mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan[7].

2020-yil 8-avgust kuni Kuchayev Rossiya Premer-ligasidagi ilk golini mavsumning birinchi kunida “ Ximki ”ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan[8]. U keyingi o'yinda ham gol urib, CSKAga VEB Arenada Tambovga qarshi 2:1 hisobida g'alaba qozonishga yordam bergan[9]. 2020-yil avgust oyida oltita oʻyinda toʻrtta gol urgan Kuchayev Rossiya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[10].

Rubin Qozon (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 26-yanvarida u 2021-22-yilgi mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan “ Rubin ”ga ijaraga oʻtdi[11]. Ijaraga kelishib olinmasidan avval Kuchayev CSKA bilan shartnomasini 2023-24-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirilgan[12]. "Rubin" sotib olish shartidan foydalanmagan[13].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyani turli yoshlar toifalarida himoya qilgan Kuchayev 2021- yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralash bosqichida toʻqqizta oʻyinda ikkita gol urib, jamoasiga final turniriga chiqishga yordam bergan. 2021-yilning 15-martida u turnirning guruh bosqichiga 23 kishilik tarkibga chaqirilgan[14]. Ammo, besh kundan keyin u mushak jarohati tufayli safdan chiqgan[15].

2020-yil 2-noyabr kuni Kuchayev Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi tarkibida Moldova bilan oʻrtoqlik oʻyini hamda UEFA Millatlar ligasi doirasida Turkiya va Serbiyaga qarshi oʻyin uchun qaydnomaga kiritilgan[16]. 2020-yil 12-noyabr kuni Kuchayev kattalar terma jamoasidagi debyutini Moldova bilan oʻyinda (0:0) ikkinchi taymda zahiradan maydonga tushgan[17].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuchayev ilgari figurali uchuvchi Elena Radionova bilan munosabatda bo'lgan[18].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qit'a Jami
Divizzion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
CSKA Moskva 2016–17 RPL 2 0 0 0 0 0 2 0
2017–18 21 0 1 0 12 1 34 1
2018–19 3 0 0 0 2 0 5 0
2019–20 25 0 3 0 6 0 34 0
2020–21 21 6 0 0 4 0 25 6
2021–22 13 0 2 1 15 1
Jami 85 6 6 1 24 1 115 8
Rubin Qozon (ijara) 2021–22 RPL 9 1 1 0 10 1
Karyera jami 94 7 7 1 24 1 125 9

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil bo'yicha o'yin va gollar
Milliy terma jamoa Yil O'yin GOl
Rossiya 2020 1 0
Jami 1 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy yutuqlar

  • Rossiya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2020-yil avgust[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Константин Кучаев“ (Russian). PFC CSKA Moscow.
  2. „Андрей Мовсесьян: "По таланту и работоспособности Кучаев сопоставим с Головиным"“ (Russian). Sport Express (29-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  3. „Константин Кучаев“ (Russian). PFC CSKA Moscow. "Константин Кучаев" (in Russian). PFC CSKA Moscow.
  4. „Константин Кучаев: Ребята в ЦСКА шутили, что гол между ног Де Хеа идет за четыре“ (Russian). Sovetsky Sport (18-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  5. „Кучаев получил разрыв крестообразной связки колена“ (Russian). Sport Express (7-may 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  6. „Константин Кучаев: Желания поберечь ногу не было, играл так же, как и раньше“ (Russian). PFC CSKA Moscow (24-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  7. „Кучаев прооперирован в Германии“ (Russian). PFC CSKA Moscow (7-fevral 2019-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  8. „FC Khimki 0 – 2 PFC CSKA“. Russian Premier League (8-avgust 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  9. „PFC CSKA 0 – 2 FC Tambov“. Russian Premier League (15-avgust 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  10. „Кучаев, Тедеско и Влашич – лучшие в августе!“ (Russian). Russian Premier League (3-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  11. „"РУБИН" АРЕНДОВАЛ КОНСТАНТИНА КУЧАЕВА“ (ru). FC Rubin Kazan (26-yanvar 2022-yil).
  12. „Константин Кучаев перешел в Рубин на правах аренды“ (ru). PFC CSKA Moscow (26-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2022-yil.
  13. „КОНСТАНТИН КУЧАЕВ ВОЗВРАЩАЕТСЯ В ЦСКА“ (ru). FC Rubin Kazan (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
  14. „Состав на молодежный чемпионат Европы“ (Russian). Russian Football Union (15-mart 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  15. „Тренерский штаб молодежки вызвал Тюкавина вместо Кучаева“ (Russian). Russian Football Union (20-mart 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  16. „Состав на Молдавию, Турцию и Сербию“ (Russian). Russian Football Union (2-noyabr 2020-yil).
  17. „Нулевая ничья в Кишиневе“ (ru). Russian Football Union (12-noyabr 2020-yil).
  18. „Кучаев рассказал, как начались его отношения с фигуристкой Радионовой“ (ru). RIA Novosti (29-aprel 2020-yil).
  19. „Кучаев, Тедеско и Влашич – лучшие в августе!“ (Russian). Russian Premier League (3-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil."Кучаев, Тедеско и Влашич – лучшие в августе!" (in Russian). Russian Premier League. 3 September 2020. Retrieved 22 June 2021.