Konstantin Avanesov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konstantin Avanesov Bogdasarovich — 1894-yili tug‘ilgan, Armaniston SSR Gerusin rayoni Xonzirak qishlog‘idan, millati arman, quloq qilingan, 1920-yildan 1933- yilgacha VKP(b) aʼzosi, shubhali oiladan bo‘lganligi sababli partiyadan chiqarilgan. 1930-yili o‘g‘irlik qilgani uchun 3 yil qamoqqa hukm etilgan, 1935-yili lavozimiga xiyonat qilgani uchun 3 yilga qamalgan, hibsga olingan vaqtda Boshspirt magazinida sotuvchi bo‘lgan. Aholi orasida targ‘ibot olib borganlikda, xalqlar dohiysi shaʼniga terrorchilik kayfiyatini bildirganlikda, monarxik tuzumni maqtaganlikda, xalq dushmanlari haqida ularni maʼqullovchi so‘zlar bilan chiqqan, yaqin o‘rtada urush boshlanishi va unda Sovet Ittifoqini fashistlar yengib chiqishi haqida mish-mishlar tarqatganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 163-164 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.