Konstantin Aleksyutovich
Konstantin Aleksyutovich | |
---|---|
Tavalludi |
20-may, 1884-yil Minsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
26-fevral, 1943-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Konstantin Aleksyutovich (1884-yil 20-may, Minsk gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1943-yil 26-fevral, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – belarus xoreografi, baletmeysteri[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Konstantin Aleksyutovich 1884-yil 20-may kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Minsk gubernatorligida tugʻilgan. U 1906-yil Sankt Peterburg teatr maktabini tamomlagan. Konstantin Aleksyutovich 1920-yilda Minsk balet truppasini tashkil qildi[2]. U 1930-yildan 1937-yilgacha Belarus yosh tomoshabinlar teatri xoreografi, 1937-yildan 1941-yilgacha Belarus xalq qoʻshiqlari va raqslari ansambli bosh xoreografi sifatida ishladi. Konstantin Aleksyutovich Ikkinchi jahon urushi paytida Samarqandga keldi. U Samarqanddagi oʻzbek musiqa va drama teatrida baletmeyster boʻlib ishladi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Samarqandga kelganidan soʻng ham, belarus xalqi milliyligini, sanʼatini targʻib qilishda davom etdi. U belarus xalqining raqslarini Samarqand oʻzbek musiqa va drama teatrida sahnalashtirdi. Bunga misol qilib, „Kartoshka raqsi“, „Liyavoxina“, „Nikita“, „Blizzard“ va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Liyavoxina raqsi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Konstantin Aleksyutovich tomonidan 1940-yil Moskva davlat drama teatrida namoyish qilingan. Uning „Liyavoxina“ raqsi haqida rus sanʼat arbobi Galavanov quyidagicha fikr bildiradi:
Oʻrtoq Aleksyutovich tomonida namoyish etilgan „Liyavoxina“ raqsini belarus raqslarining eng yaxshi namunalaridan biri deyish mumkin.
Bulba raqsi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dastavval belarus xalq raqslari orasida „Bulba raqsi“ yoʻq edi. Keyin 1926-yili Konstantin Aleksyutovich belarus raqslari koʻrib, musiqalarini eshitib yurib, oʻzi mustaqil „Bulba raqsi“ni yaratdi. U ushbu raqsni yaratguncha, har bir harakatlarga eʼtibor berganligi uchun, hozirda „Bulba raqsi“ni belarus xalq raqslari qatoriga qoʻshilgan.
Konstantin Aleksyutovich 1943-yil 26-fevral kuni Samarqand shahrida vafot etdi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Алексютовіч Канстанцін Андрэевіч“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Алексютовіч Канстанцін Андрэевіч 2“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.