Kimura choy marosimi muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimura choy marosimi muzeyi (yaponcha: 木村茶道美術館 Kimura sado: bidzyutsikan) — Yaponiyaning Kasivadzaki shahridagi (Niigata prefekturasi) yapon choyi marosimiga bagʻishlangan muzeydir. Muzey 1984-yil 3-noyabrda ochilgan.

Muzey tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq ingliz tili oʻqituvchisi Shigeyoshi Kimura (Kankoan) Kasivadzaki shahridagi choy marosimining taniqli targʻibotchisi va oʻqituvchisi edi. Uning shaharda choy muzeyini tashkil etish gʻoyasi darhol shahar turizm qoʻmitasi, shahar hokimi va tadbirkorlar tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi. Qisqa vaqt ichida muzey fondiga 100 million iyenaga yaqin mablagʻ yigʻildi.

  • 1984-yil — 1-martda muzey qurilishiga mablagʻ toʻplash uchun xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi.
  • 1984-yil — 3-noyabrda muzeyning ochilishi boʻlib oʻtdi.
  • 1992-yil — fevral oyida choy marosimi zalini rekonstruksiya qilish (kengaytirish) amalga oshirildi.
  • 1995-yil — 12-iyun kuni Kasivadzaki shahri meri va uning rafiqasi oʻzlarining choy idishlari kolleksiyasini muzeyga xayriya qilishdi.
  • 2001-yil — aprel oyidan boshlab tashrif buyuruvchilarga Syoun Sanso bogʻida ochiq havoda choy marosimi taklif etiladi.

Ekspozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey anʼanaviy yapon meʼmorchiligi binosida joylashgan boʻlib, choy marosimi zali, ikkita koʻrgazma zali (62 va 51 m²) va ochiq havoda choy ichish ayvonini oʻz ichiga oladi. Dastlab, muzey kolleksiyasi Kimura tomonidan shaxsan yigʻilgan ashyolardan iborat edi. Ayni paytda muzey ekspozitsiyasida 103 ta artefaktlar mavjud: 78 choy piyola va suv idishlari, gul vazalar, choy qadoqlari, xushboʻy tutatqi idishlari, qadimiy rasmlar va xattotlik sanʼati asarlari. Ekspozitsiya yiliga ikki marta yangilanadi. Muzeyning oʻziga xos jihati shundaki, muzey buyumlari tashrif buyuruvchilar tomonidan choy marosimlarida foydalaniladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]