Kim U Bin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim U Bin
Tavalludi
Kim Xyon Jun

16-iyun 1989-yil
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktyor, model

Kim U Bin (Hangul: 김우빈; 1989-yil 16-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor. Faoliyatini model sifatida boshlagan va aktyor sifatida „White Christmas“ (tarjimasi: Oq Rojdestvo) teleserialida debyut qilgan. Keyinchalik „A Gentelman Dignity“ ("Jentelmenning qadr qimmati) (2012), „School 2013“ (Maktab 2013) (2012-2013), „Vorislar“(2013) dramalarida rol ijro etgan. 2016-yilda o‘zining birinchi bosh rolini „Uncontrollably Fond“ (Nazoratsiz oshiqlar) serialida ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim U Bin oʻrta maktabda oʻqib yurganida modellik faoliyatini boshlashni orzu qilgan[1]. 2009-yilda u model sifatida ilk bor podiumlarda yurgan. U Bin Seul moda haftaligi[2][3] toʻplamlarida namoyon boʻla boshlagan.

Kim U Bin sahna nomi ostida u 2011-yilda aktyor sifatida „White Christmas“ sirli dramasida debyut qilgan va „Vampire Idol“ (Vampir aydol) sitkomida rol ijro etgan[4][5].

2012-yilda u taniqli ssenariy muallifi Kim Yong Suk[6] tomonidan yozilgan „A Gentelman Dignity“ romantik komediya filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan.

Muvaffaqiyat unga 2013-yilda ikkita xit filmining namoyishdan keyin kelgan. Dekabr oyining oxiridan 2013-yil boshigacha u „School 2013“[7] oʻsmirlar dramasida suratga tushgan.

Oʻsha yili u Janubiy Koreyada va xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan oʻsmirlar uchun "Vorislar"[8] dramasida rol ijro etgan. Kim U Bin seraldagi roli uchun nafaqat Koreyada balki, butun dunyoda mashxurlikka erishgan[8].

2013-yilda taniqli shaxsga aylangan Kim katta ekrandagi loyihalarda paydo boʻlishni davom ettirgan. 2014-yil yanvar oyida u „Specialists“ filmida oʻgʻri rolini ijro etgan[9].

Kim U Bin Calvin Klein + Jewelry soatlari reklama kampaniyasida ham faoliyat yuritgan va bu brendni reklama qilgan birinchi Sharqiy Osiyo modeliga aylangan[10].

2013-yilda u Chonju universitetining faxriy elchisi etib tayinlangan[11].

2015-yilda Kim U Bin „CJ CGV arthouse CGV ARTHOUSE“[12] koʻrgazmalar tarmogʻining reklama elchisi etib saylandi.

2015-yilda Kim oʻzining birinchi „Fallout in Love“ melodramasida rol ijro etdi. Drama premyerasi 2016-yil 6-iyulda bo‘lib o‘tgan[13].

2017-yilda u „The Wire“ nomli jinoyat filmida rol ijro etgan. Kim U Bin saraton kasalligiga chalinib, davolanishni boshlagani sababli loyihani suratga olish ishlari toʻxtatilgan[14].

2017-yil aprel oyida u Pyonchxandagi 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining faxriy elchisi etib tayinlangan. Kim U Bin elchi etib saylangan ikkinchi aktyor edi va bu voqeani targʻib qilish uchun turli tadbirlarda qatnashishi kerak boʻlgan[15][16]. Biroq, aktyor saraton kasalligini davolash tufayli tadbirlarda qatnashishdan bosh tortgan.

2017-yil 24-may kuni Kim U Binga nazofarengeal saratoni tashxisi qo‘yilgan. Agentlik aktyorning radiatsiya bilan davolashni boshlaganini va barcha faoliyatini vaqtincha to‘xtatishini maʼlum qilgan. 29-dekabr kuni Kim saraton kasalligini davolashni yakunlaganini eʼlon qilgan. U sogʻligʻining holati sababli harbiy xizmatdan ozod qilingan[17].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim U Bin modellik faoliyati davomida hamkasbi Lee Jong-suk bilan tanish boʻlgan, lekin „School 2013“ ni suratga olish jarayonida birga ishlab, yaqin doʻstlarga aylanishgan[18][19].

2015-yilning may oyidan beri Kim model va aktrisa Sin Min A[20] bilan ishqiy munosabatda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „마이데일리“. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  2. „Архивированная копия“. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  3. „모델 그리고 배우, 그 경계에 선 김우빈과의 인터뷰“. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  4. „Архивированная копия“. 2013-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  5. „Архивированная копия“. 2021-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  6. Kim Woo Bin Gets Beat Up on ‘A Gentlemanʼs Dignity’
  7. KPOP NEWS — Lee Jong Seok, Kim Woo Bin, Park Se Young, 5dolls’ Hyoyoung Cast as Main Students for ‘School 5’ | Mwave
  8. 8,0 8,1 Kim Woo Bin Confirmed in Role for ′The Heirs′
  9. „TENASIA | Kim Woo-bin, Lee Hyun-woo to Star in New Film“. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  10. [1] (Wayback Machine saytida 2022-07-10 sanasida arxivlangan).
  11. „탤런트 김우빈 전주대 명예홍보대사 위촉 : 네이버 뉴스“. 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  12. „KIM Woo-bin Joins CGV ARTHOUSE’s New Promotion Campaign“. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  13. „Kim Woo-bin and Suzy to costar in new drama“. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  14. „Film Project on Hold as Kim Woo-bin Treated for Cancer - The Chosun Ilbo (English Edition): Daily News from Korea - Entertainment > Entertainment“. 2019-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  15. „Kim Woo-bin to Promote Pyeongchang Olympics - The Chosun Ilbo (English Edition): Daily News from Korea - Sports“. 2019-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  16. „Kim Woo-bin named ambassador for 2018 Winter Olympics“. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  17. „Kim Woo-bin relieved from service“. 2018-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
  18. Lee Jong Suk says Kim Woo Bin is the Only Friend He Can Lean On
  19. [Star of the Week] Kim Woo Bin′s Past, Present and Future Best Friends
  20. „Shin Min-a, Kim Woo-bin are dating“. 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.