Kevin Friesenbichler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kevin Friesenbichler
Friesenbichler Avstriya U21 safida, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Friesenbichler
Tavallud sanasi 6-may 1994-yil (1994-05-06) (29 yosh)
Tavallud joyi Weiz, Avstriya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RFS
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2008 SC Weiz
2008—2009 Austria Wien
2009—2010 Admira Mödling
2010—2012 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Bayern Munich II 34 (16)
2014—2017 Benfica B 0 (0)
2014—2015Lechia Gdańsk (ijara) 17 (5)
2015—2016Austria Wien (ijara) 31 (6)
2016—2017Austria Wien (ijara) 32 (5)
2017—2019 Austria Wien 43 (10)
2019Wolfsberger (ijara) 12 (2)
2019—2020 VfL Osnabrück 6 (0)
2020—2021 Sturm Graz 23 (3)
2021- RFS 11 (3)
Milliy terma jamoa
2009 Avstriya U16 6 (10)
2010 Avstriya U17 5 (3)
2011 Avstriya U18 2 (0)
2012 Avstriya U19 5 (3)
2013—2016 Avstriya U21 19 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-dekabr uchun)

Kevin Friesenbichler (talaffuzi: Kevin Frizenbixler; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi. RFS jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Weiz shahrida tugʻilgan Friesenbichler besh yoshida mahalliy SC Weiz jamoasiga qoʻshildi. 2008-yilda Avstriya giganti FK Austria Wienga oʻtdi. Bir yildan soʻng Admira Mödlingga qoʻshildi. 2010-yilda Germaniyaning „Bayern“i bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha paytda 16 yoshli Friesenbichlerning transfer narxi 500 ming yevroga teng edi[1]. Uch yil davomida klubning U19 jamoasida oʻynadi va 37 oʻyinda 27 gol urdi. 2013—2014-yilgi mavsumda zaxira jamoasida 22 oʻyinda 15 ta gol urdi, „Bayern“ turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.

2014-yilning 22-may kuni Friesenbichler Portugaliya chempioni „Benfica“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. 2014-yilning 26-iyulida „Benfica B“ safidagi ilk golini „Jong Ajax II“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:3) kiritdi[3].

2014-yilning 22-avgustida, „Benfica“da ikki oy ham oʻtmay, Friesenbichler Polshaning „Lechia Gdańsk“ jamoasiga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi.

2015-yilning 22-iyulida Friesenbichler Austria Wien klubiga bir mavsumga yana ijaraga berildi[4]. Oradan roppa-rosa bir yil oʻtib, ijara yana bir mavsumga uzaytirildi[5]. 2017-yilning 1-iyulida Avstriya klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi[6].

2019-yilning 2-iyulida Friesenbichler VfL Osnabrückga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 14-avgustda Friesenbichler Avstriya U16 terma jamoasi safida Lixtenshteyn U16ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Raqib ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozonishdi, oʻzi 2 ta gol urdi. 2013-yilning 18-noyabrida Vengriyaga qarshi oʻyinda (4:2 gʻalaba) 1 ta gol urdi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-iyun, 2017-yilgi holat boʻyicha
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Bayern Munich II 2012—2013 Regionalliga Bayern 12 1 12 1
2013—2014 22 15 2 0 24 15
Jami 34 16 2 0 36 16
Lechia Gdańsk (ijara) 2014—2015 Ekstraklasa 14 4 0 0 3 1 17 5
Avstriya Wien (ijara) 2015—2016 Bundesliga (Avstriya) 31 6 4 4 35 10
2016—2017 32 5 2 2 9 2 43 9
Jami 63 11 6 6 9 2 78 18
Jami faoliyati 111 31 6 6 9 2 5 1 131 40

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2009 Avstriya U16 6 10
2010 Avstriya U17 5 3
2011 Avstriya U18 2 0
2012 Avstriya U19 5 3
2013—2016 Avstriya U21 19 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Friesenbichler: "Das neue Sternchen des FC Bayern"“ (olmoncha). abendzeitung-muenchen.de (18-iyul 2014-yil). Qaraldi: 29-avgust 2014-yil.
  2. „.: Kevin Friesenbichler assina pelas Águias – Jornal Record :.“. record.xl.pt. Qaraldi: 12-iyul 2014-yil.
  3. Benfica 4-3 Ajax :: Pré-Época 2014/15 :: Ficha do Jogo :: zerozero.pt
  4. „Austria verpflichtet Kevin Friesenbichler“ (olmoncha). Austria Wien (22-iyul 2015-yil). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2015-yil.
  5. „FK Austria Wien - Kevin Friesenbichler stürmt wieder für den FK Austria Wien“. www.fk-austria.at. 2016-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „FK Austria Wien verpflichtet Friesenbichler langfristig“ (portugalcha). S.L. Benfica (1-iyul 2017-yil). 2017-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  7. „VfL verpflichtet Friesbichler“ (olmoncha). VfL Osnabrück (2-iyul 2019-yil). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.