Kaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eramizning birinchi asrida Koreya yarim orolining janubida yashovchi pyonxan qabilalari asosida 6 ta siyosiy qabilalar ittifoqi Kimkvan Kaya, Tekaya, Sonsan Kaya, Ara Kaya, Koyon Kaya va Sokaya bo'lgan. Afsonaga ko'ra, ularning asoschilari osmondan tushgan 6 ta oltin tuxum bo'lgan ("Samguk yusa"da yozilgan "Karak davlati haqida yozuvlar"). Mazkur qabilalaming birlashuvi natijasida Kaya nomi paydo bo'lgan. Koguryo, Pekche va Silladan farqli ravishda bu yerda konfederativ respublikalar mavjud bodib, ularning har biri mustaqil siyosat olib borishgan. Hududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oralig'idagi hudud sanaladi. Afsonaga ko'ra, Kaya 42 - 562 yillarda mavjud bo'lgan. Kaya qabilalarining birlashuvi mazkur davlatning asoschisi va birinchi hukmdori Kim Suro (afsonaga ko'ra, eramizning 42 yili- dan boshlab hukmronlik qilgan va 158 yil yashagan) tomonidan Kimkvan Kaya atrofida kechgan. Uning rafiqasi hind malikasi Xo Xvan-ok bo'lgan. Ma'lum vaqt o‘tib Kaya qabilalari markazi Tekayaga o'tgan. Kaya Koguryo, Pekche va Sillaning tajovuzlari os- tida qolgan. Kaya hokimiyati tarqoq boTib, oxir-oqibatda barham topgan. Bu jarayon dasllab Kimkvan Kayada (532 y.), so'ngra Teka(562 y.)da sodir boldi.