Katta toʻsiq rifi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta toʻsiq rifi - Avstraliyaning shim.-sharqiy sohili boʻylab joylashgan qator marjon riflari va marjon orollar. Materik sayozligining chegarasi boʻylab Yangi Gvineyaning jan. qirgʻogʻidan Sandi-Keyp burnigacha 2300 km ga choʻzilgan. Rifning kengligi shim.

da 2 km, jan.da 150 km. Riflarning koʻpi suv ostida, suv satqi pasaygan vaqtlarda suv yuziga chiqadi. Baʼzi riflar orolga aylanib, shakli, odatda, taqaga oʻxshaydi va qavariq tomoni jan.-sharkdan esuvchi passat shamollariga qaragan. K.T.r. bilan materik qirgʻogi orasida Katta laguna yoki "Ichki kanal" suv yoʻli (eng chuqur joyi 50 m) bor. Bu suv yoʻli okean toʻlqinlaridan toʻsilgan; kemachilikda foydalaniladi. Dengiz milliy parki bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil