Karramallohu vajhah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karramallohu vajhah (arabcha: كرم الله وجهه - Alloh uning yuzini ulugʻ etsin) - johiliyada butlarga tiz choʻkmagani va har doim oʻzining vasiysi va paygʻambari Muhammad alayhissalomga ergashgani uchun faqatgina Ali r.a. uchun ishlatiladigan ibora. Bu sharafli soʻz asosan sunniylar tomonidan qoʻllaniladi va shia musulmonlari uchun ham maqbuldir. Biroq, shialar Ali r.a. uchun an’anaviy ravishda paygʻambarlar va bosh farishtalar uchun ishlatiladigan “alayhissalom”dan foydalanishni afzal koʻradilar.

Nasrning yozishicha, Uhud jangida Ali Qurayshning buyuk jangchisi Talha ibn Abu Talha bilan jang qilgan. Talha doimo yoʻlidan chiqqan har qanday kishini magʻlub etishi bilan faxrlanardi. Talha Alidan magʻlub boʻlgach, “Karramallohu vajhah” iborasini aytib, undan shafqat soʻragan. Soʻngra bu duo Alining sunniylar tomonidan qoʻllaniladigan unvonlaridan biriga aylangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nasr, Seyyed Hossein. "Ali". Encyclopædia Britannica Online. Encyclopædia Britannica, Inc.. http://www.britannica.com/eb/article-9005712/Ali. <!--->