Karol Linetty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karol Linetty Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

2-fevral 1995-yil(1995-02-02)[1]

(27 yosh)

Jnin, Polsha

Fuqaroligi
Boʻyi

176 cm

Vazni

74 kg

Pozitsiyasi

markaziy yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Italii Torino

Raqami

77

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Karol Linetty (talaffuzi: Karol Linetti) 1995-yil 2-fevralda Polshada tavallud topgan. Polshalik futbolchi Torino klubi va Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati, 2018-yilgi jahon chempionati va 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linetty „Lech“ ning bir qismi sifatida

Karol Linetty „Lech“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 2-noyabrda „Wisła Kraków“ga qarshi oʻyinda u Polsha chempionatida debyut qildi[2]. 2014-yil 1-mart kuni „Piast“ga qarshi kechgan bahsda Karol „Lech“ safida ilk golini urdi[3]. 2015-yilda Karol Linetty klubga chempionlik va Polsha Superkubogini yutishda yordam berdi.

2016-yilning yozida Karol Italiyaning „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qildi[4]. 21-avgust kuni „Empoli“ga qarshi oʻyinda Karol Linetty Italiya A seriyasida debyut qildi[5]. 7-may kuni „Lazio“ga qarshi oʻyinda u „Sampdoria“ safida ilk golini urdi[6].

2020-yil 26-avgustda u „Sampdoria“dan A Seriyaning boshqa klubi — „Torino“ga ko‘chib o‘tdi[7][8]. Transfer summasi bonuslar bilan birga 7,5 million yevroni tashkil etdi va shartnoma 2024-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi[8]. 2020-yil 19-sentabrda u „Fiorentina“ga qarshi safar o‘yinida „Torino“ safida debyut qildi[9]. 2020-yil 23-oktyabrda u „Sassuolo“ga qarshi uy uchrashuvida „Torino“ safidagi ilk golini kiritib, o‘yinning 33-daqiqasida hisobni ochdi[10].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Karol Linetty Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Belgiya, Sloveniya, Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14].

2014-yil 18-yanvarda Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Karol Polsha terma jamoasi safida debyut qildi [15] . Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida terma jamoa tarkibida Karol Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.

2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Karol Linetty yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18].

2018-yilda Karol Linetty Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Mamlakat Mavsum Oʻyinlar Gollar
Lech Poznań Polsha bayrogʻi Polsha 2012-2016 112 11
U. C. Sampdoria Italiya bayrogʻi Italiya 2016-2020 132 11
Torino F. C. Italiya bayrogʻi Italiya 2020- 58 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Karol Linetty // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Висла Краков VS. Лех 0:1“ (en). soccerway.com (2012—11—02). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  3. „Лех VS. Пяст 4:0“ (en). soccerway.com (2014—03—01). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  4. „«Сампдория» купила хавбека сборной Польши Линетти“ (ru). sports.ru (2016—07—29). 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  5. „Эмполи VS. Сампдория 0:1“ (en). soccerway.com (2016—08—21). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
  6. „Лацио VS. Сампдория 7:3“ (en). soccerway.com (2017—05—07). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
  7. „VLinetty al Toro“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (2020-yil 26-avgust). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  8. 8,0 8,1 „Торино подписал Линетти“ (ru). football.ua. Football.ua (2020-yil 26-avgust). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  9. „Fiorentina-Torino 1-0“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (2020-yil 19-sentyabr). 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  10. „Sassuolo-Torino 3-3“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  11. „Польша (до 17) VS. Бельгия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2012—05—04). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  12. „Словения (до 17) VS. Польша (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2012—05—07). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  13. „Нидерланды (до 17) VS. Польша (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2012—05—10). 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  14. „Германия (до 17) VS. Польша (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2012—05—13). 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  15. „Польша VS. Норвегия 3:0“ (en). soccerway.com (2014—01—18). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
  16. „Польша (до 21) VS. Словакия (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyun). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  17. „Польша (до 21) VS. Швеция (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 19-iyun). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  18. „Англия (до 21) VS. Польша (до 21) 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-iyun). 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.