Karasyov familiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu familiyaga ega mashhurlar roʻyxati: erkaklar — Карасёв, ayollar — Карасёва.

Karasyov — oʻrta darajada tarqalgan rus familiyasi (Keng tarqalgan 250 ta rus familiyasi roʻyxatiga kirmaydi)[1].

Familiyaning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻqinmagan Karas ismidan kelib chiqqan. „Baliqli“ ismlar qadimda juda mashhur boʻlib, koʻpincha tashqi omillar taʼsirida emas, balki anʼanalar asosida berilgan. Qadimgi Novgoroddan topilgan qayin poʻstlogʻiga bitilgan qadimiy rus yozuvlariga koʻra, bu yerda Som, Yorsh, Okun, Karas va Sudak ismli aka-uka Linyovlar yashagan.

Pilladan ipak chuvash bilan shugʻullanuvchu usta Karas, Karasnik deb atalgan.

S. B. Veselovskiyning „Onomastikon“ kitobida Karas Tarusmanov Linyov, zodagon, XVII asr boshi, Suzdal; Karas Manuxin Yevsyukov, XVI asr oʻrtalari, Novgorod[2] tilga olinadi:

Don zodagonlari familiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

S. V. Koryagin tomonidan Donning uchta zodagon sulolasi tasvirlab beriladi:

  • Trailinskaya qishlogʻi Karasyovlari (keyinchalik Bagaevskaya);
  • Ust-Medvediskayaning qishlogʻi Karasyovlari;
  • Aksay qishlogʻi Karasyovlari.

A.A Karasyov: "Ivan Tixonovich oʻz familiyasini Karasev emas, Karasyov deb yozgancha imzo qoʻygan. Donlik taniqli korchalon va yozuvchi Ivan Samoylovich Ulyanov uning qiziga uylangan, mening bobom familiyasini karasya (baliq)dan emas, balki tatarcha soʻzlar — „kara“ va „su“ — „qora“ va „suv“dan olganligini aytgan, shuningdek ushbu bu familiyaning ilk sohibi Donga kelib joylashgan va bu yerda pravoslav dinini qabul qilgan tatar millatiga mansub Karasu ismli shaxs boʻlganini aytib oʻtgan[3].

Familiyaning yozilishi va talaffuzidagi oʻziga xosliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karasyov familiyasini talaffuz qilishning faqat bitta usuli bor — hujjatlarda "yo" harfi yozilishi yoki yozilmasligidan qatʼi nazar, urgʻu oxirgi boʻgʻinga berib oʻqiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Самые распространенные фамилии“ (deadlink). 2011-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-avgust.
  2. „Происхождение фамилии Карасёв“. 2012-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-avgust.
  3. Karasyov A. A. Familiya Karasyovix // Oblastnogo Voyska Donskogo Statisticheskogo Komiteta. 1903. Vip. 3. S. 48-53.